O‘zbekiston va Rossiya: seleksiya sohasida hamkorlik kengaymoqda
2025-06-05 14:50:00 / Yangiliklar

Unda Qishloq xo‘jaligi vazirligi Xalqaro hamkorlik va retinglar boshqarmasi boshlig‘i Firuza Xodjayeva, Urug‘chilik markazi direktori Shuhrat Otajonov, Rossiya Federatsiyasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi mas'ullari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi qishloq xo‘jaligi ilmiy aloqalari tobora mustahkamlanib borayotgani, ayniqsa seleksiya va urug‘chilik sohasidagi hamkorlikning hozirgi holati, amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar va ularning natijalari yuzasidan atroflicha fikr yuritildi.
Sh. Nomozov “Rossiya–O‘zbekiston: seleksiya va urug‘chilik sohasidagi hamkorlikning hozirgi holati” mavzusida ma’ruza qilib, bu yo‘nalishdagi o‘zaro tajriba almashinuvi, ilmiy-tadqiqot ishlarining dolzarbligi hamda nav yaratishdagi yutuqlarni alohida ta’kidladi.
Shuningdek, tomonlar Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi ilmiy tashkilotlari o‘rtasida 2030-yilgacha ilmiy-tadqiqot va tajriba-sinov ishlarini kengaytirish bo‘yicha qo‘shma dastur loyihasini muhokama qildilar. Ushbu dastur seleksiya, genetik resurslar, iqlimga mos navlarni ishlab chiqish hamda ilmiy-tajriba maydonlarini kengaytirishni o‘z ichiga oladi.
Muhokamalar chog‘ida tritikale va arpa kabi muhim qishloq xo‘jaligi ekinlari bo‘yicha qo‘shma ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish masalalari alohida e’tiborga olindi. Sh. Nomozov iqlim o‘zgarishi sharoitida yangi, chidamli navlarni yaratish borasida Rossiya olimlari bilan hamkorlikda ishlashni taklif etdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar mavjud hamkorlikni yanada mustahkamlash va amaliy natijalarga yo‘naltirilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.



