Qalmiq qoramol zoti
2025-03-28 15:30:00 / Yangiliklar
Asosan go‘sht yo‘nalishidagi qoramol zoti hisoblanib, XVII asrda G‘arbiy Mo‘g‘ulistondan Qalmig‘istonga kelgan mahalliy qoramollarni yaxshilash natijasida yaratilgan.

Rangi qizil, ba’zan oq yoki qizil-oq belgili. Qalmiq qoramollari yozi issiq, quruq, qishi sovuq bo‘lgan keskin kontinental iqlimga moslashgan, qishki yaylovlardan unumli foydalanadi.
Voyaga yetgan sigirlarning vazni 600 kg gacha, buqalar – 900 kg gacha. 18 oyligida buqalarning vazni 450–550 kg ga yetadi. So‘yish chiqimi 57–62%. Yosh hayvonlarning go‘shti sifati yaxshi va a’lo darajada.



