Hududlardagi muammolarni hal etish – samaradorlik kaliti
2025-03-04 14:55:00 / Yangiliklar

Unda vazirlik markaziy apparati xodimlari ham ishtirok etib, qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv davomida, eng avvalo, hududlarda olib borilayotgan ishlarning bugungi holati chuqur tahlil qilindi. Shuningdek, Prezident va Hukumat tomonidan qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirishga qaratilgan qaror hamda farmonlarning ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar batafsil muhokama qilindi.
Muhokamaning asosiy qismi viloyat va tumanlarda qishloq xo‘jaligi sohasida uchrayotgan muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflarga bag‘ishlandi. Jumladan, raqamlashtirish suv tejovchi texnologiyalar, ipakchilik, g‘allachilik, paxtachilik, baliqchilik va subsidiyalar bilan bog‘liq muammolar yuzasidan mas’ullar o‘z fikrlarini bildirdi.
Muhokamalar davomida hududlardan kelib tushgan muammo va takliflar joyida ko‘rib chiqilib, tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi. Shuningdek, kelgusida bu kabi muammolarni bartaraf etish va qishloq xo‘jaligi sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha tizimli yondashuv ishlab chiqilishi belgilandi.
Mazkur muloqot qishloq xo‘jaligi sohasidagi muammolarni aniqlash va ularga samarali yechim topish bo‘yicha muhim platforma bo‘lib xizmat qildi. Shu kabi ochiq muloqotlarni muntazam o‘tkazish orqali sohada yuzaga kelayotgan qiyinchiliklarni tezkor bartaraf etish va kelgusida natijadorlikni oshirish maqsad qilingan.



