Dorivor o‘simliklar bo‘yicha ixtisoslashgan savdo yarmarkasi o‘tkazildi
2025-03-03 12:00:00 / Yangiliklar

Mazkur yarmarka viloyat Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti bilan hamkorlikda tashkil etilib, unda institutning dorivor o‘simliklar faoliyatini o‘rganuvchi kafedralari o‘qituvchilari, sohaga aloqador tashkilotlar va korxona mutaxassislari ishtirok etdi.
Yarmarka doirasida dorivor o‘simliklarni madaniy holda yetishtirish, ularni qayta ishlash texnologiyalari hamda tibbiyot va farmakologiyada qo‘llash bo‘yicha muhokamalar olib borildi. Bundan tashqari, dorivor ekinlarni yetishtiruvchi fermer va tadbirkorlar o‘z mahsulotlarini keng namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Mazkur yarmarka dorivor o‘simliklar sanoatini rivojlantirish, sohaga ilg‘or ilmiy yondashuvlarni tatbiq etish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida kooperatsiyani yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.
Shuningdek, ushbu tadbir kelgusida dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlashni tizimli asosda rivojlantirish hamda tarmoqni yanada takomillashtirishga turtki bo‘lishi kutilmoqda.








