O‘zbekiston va Yaponiya: qishloq xo‘jaligidagi yangi hamkorlik
2025-02-27 20:50:00 / Yangiliklar

Institut direktori Shuhrat Bobomurodov bilan uchrashuv davomida Yaponiya tomonidan ilgari surilgan xalqaro hamkorlik loyihasi – “Qurg‘oqchil yerlarda tuproqning mikroplastik bilan ifloslanishi va uning tuproq tuzilishiga ta’siri” muhokama qilindi.
Aytish kerak, O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida hamkorlikning keng istiqbollari mavjud, ayniqsa qishloq xo‘jaligi sohasida. Qo‘shma loyihalar nafaqat har ikki davlat manfaatlariga xizmat qiladi, balki sohaga yangi texnologiyalar va ilg‘or tajribalarni tatbiq etish imkonini ham beradi. Muhimi, ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanishdir.
Yaponiyalik mutaxassislar O‘zbekiston hududida qo‘shma tadqiqotlar olib borish, tajriba maydonlarini aniqlash, tuproq haqidagi ilmiy ma’lumotlarni almashish hamda ilg‘or texnologik yutuqlarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi.
Uchrashuv natijasiga ko‘ra, joriy yilning may oyidan boshlab ikki davlat olimlari hamkorlikda tuproq tadqiqotlarini yo‘lga qo‘yishga kelishib oldi.



