Pomidor qanday o‘g‘itlanadi? Uni oziqlantirishda nimalarga ko‘proq ahamiyat qaratish lozim?
2025-02-22 10:00:00 / Yangiliklar

O‘simlik rivojlanishi uchun qo‘l keluvchi eng keng tarqalgan oziqlantirish quyidagicha: bir chelak suvga 25 gramm Ammiakli selitra, 40 gramm Superfosfat va 15 gramm Kaliy sulfat aralashtiriladi.
Gullash davrida o‘g‘itlash:
Pomidor gullaganida ko‘proq meva shakllanishini ta’minlaydigan makro va mikro elementlarga ehtiyoj sezadi. Bu vaqtda unga meva tugish va hosil yetilishini tezlashtirish uchun barglardan beriladigan oziqlantirishlar ham tavsiya etiladi.
Ilk gulshoda haqiqiy bargdan keyin shakllanadi. Pomidorlarga bu davrda azot unchalik muhim emas. Ularga tarkibida ko‘proq fosfor va kaliy bo‘lgan va azot kamroq bo‘lgan tayyor o‘g‘itni qo‘llash kerak.
Pomidor faqat ildizdan emas, bargdan ham oziqlanishi mumkin. Agar kun issiq bo‘lsa, Bo‘r kislotasi bilan ishlov berib gullarni mevaga aylanishiga yordam berish zarur.
Issiqxonadagi pomidorlarni asosan ildizdan oziqlantirish kerak. Bargdan oziqlantirish issiqxonaning nam muhitida infeksiyalarni keltirib chiqaradi. Shu sababli ildizdan oziqlantirish tavsiya etiladi.
Hosilga kirayotgan vaqtda pomidorlarni nima bilan oziqlantirish kerak?
Bu vaqtda pomidor juda oz miqdordagi azot va ko‘proq kaliy bilan oziqlantiriladi. Bir chelak suvda 2 choy qoshiq Superfosfatni eritib, unga 1 choy qoshiq Kaliy gumat qo‘shiladi. Aralashma har bir ildiz ostiga 1 litrdan quyib chiqiladi.
Kaliyga bo‘lgan katta miqdordagi ehtiyojni pomidorlarni Kul aralashmasi (bir chelak suvga 1 stakan kul) yoki o‘g‘itni Magniy bilan mujassamlashtirib, Kalimag o‘g‘iti yordamida (1 m ga 10-12 g) qondirish mumkin
