Asosiy kontentga o'tish

Rossiya Federatsiyasi bilan hamkorlikda olib borilayotgan loyihalar muhokama qilindi

2024-09-09 11:45:00 / Majlislar

Bugun Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov boshchiligida Rossiya Federatsiyasi bilan erishilgan kelishuvlar ijrosi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda vazir o‘rinbosarlari, departament va boshqarma boshliqlari hamda Toshkent davlat agrar universiteti mas’ullari ishtirok etdi.

 

Yig‘ilishda Rossiya Federatsiyasi bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik aloqalarining joriy holati tahlil qilinar ekan, eng avvalo, har bir yondashuv tizimli hamda sifat ko‘rsatgichlariga mos bo‘lishi ta’kidlab o‘tildi.

 

Bundan tashqari, loyihalarni amaliyotga tatbiq etishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar sanab o‘tildi hamda ularni bartaraf etish borasida tegishli mas’ullarga zudlik bilan chora ko‘rish kerakligi qayd etildi.

 

Binobarin, Toshkent davlat agrar universiteti hamda ilmiy-tadqiqot institutlarida amalga oshirilgan modernizatsiya ishlarining hozirgi holati ham tahlil qilindi.

 

Yangi o‘quv yili boshlangani munosabati bilan talabalarga yaratilgan sharoitlar haqida hisobotlar tinglandi.

 

Yig‘ilish yakunida Belarus, Ozarbayjon, Qatar, Germaniya va bir qancha davlatlar bilan o‘rnatilgan kelishuvlar ijrosini ta’minlash borasida mas’ullarga topshiriqlar berildi.

239

Oxirgi yangilanish: 2024-09-09 12:04:07

Rossiya Federatsiyasi bilan hamkorlikda olib borilayotgan loyihalar muhokama qilindi