Xalqaro forum doirasida o‘zaro manfaatli uchrashuvlar o‘tkazilmoqda
2024-09-05 19:35:00 / Yangiliklar

Mazkur xalqaro forum doirasida Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov bir qator nufuzli shaxslar bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda.
Jumladan, vazir Ibrohim Abdurahmonov Xalqaro islom tashkilotining oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha bosh direktori Berik Arin bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Xalqaro islom tashkiloti bilan hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi. Aynan agrar sohani rivojlantirish orqali oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan bir qancha fikrlar o‘rtaga tashlandi.
Aytish kerakki, ayni paytda mazkur tashkilotga 41 ta davlat a’zo hisoblanadi.
Tashkilotning maqsadi unga a’zo davlatlarga gumanitar yordam ko‘rsatish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va agrar sohani rivojlantirish uchun istiqbolli loyihalarni amalga oshirishdan iborat.





