“Agrosubsidiya” axborot tizimida yangi subsidiya xizmati joriy qilindi
2024-08-01 19:00:00 / Yangiliklar
Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Agrosubsidiya” axborot tizimi orqali meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va ularning eksportini oshirish, ekin yerlaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirish, pirovard natijada yer egalarining daromadlarini ko‘paytirish maqsadida “Eksportbop va serdaromad ekinlar ekish uchun namunaviy o‘quv-tajriba maydonini tashkil etish xarajatlarining bir qismini qoplash” uchun subsidiya xizmati joriy qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-martdagi 115-sonli qarori bilan 54 ta tumanda eksportbop va serdaromad ekinlar ekish uchun namunaviy o‘quv-tajriba maydonlari tashkil etganlik uchun BHMning 300 baravarigacha subsidiya mablag‘larini mazkur tizim orqali olish imkoniyati yaratildi.
Bugungi kunda “Agrosubsidiya” AT orqali sohadagi 48 turdagi subsidiyalarni olish uchun ariza topshirishdan boshlab subsidiya mablag‘larini talabgorning hisob raqamlariga tushishigacha bo‘lgan jarayonlar to‘liq raqamlashtirildi.
