Tadbirkor ayollar kengashi tashkil etiladi
2025-03-17 11:20:00 / Yangiliklar

Qarorga muvofiq, quyidagi imkoniyatlarga ega “Tadbirkor ayollar” platformasi 2025-yil 1-iyulgacha ishga tushiriladi:
🟢 ayol tadbirkorlarga xomashyo sotib olishga ko‘maklashish;
🔴 o‘zaro kooperatsiyani kengaytirish va mahsulotlarni sotish uchun bozor topish;
🟢zarur mutaxassislarni izlash va ishga qabul qilish;
🔴loyihalar doirasida yuzaga kelayotgan muammolarini aniqlash va ularga yechim topish.
📄 2025-yil 1-maydan quyidagilarni nazarda tutuvchi “Hamkor tadbirkor” dasturi yo‘lga qo‘yiladi:
🔹o‘z biznesini tashkil etmoqchi bo‘lgan xotin-qizlarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish;
🔹kooperatsiya asosida xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish;
🔹mahalliy va xalqaro elektron platformalarda xotin-qizlarga o‘z mahsulotlarini joylashtirish va sotishga ko‘maklashish.
📋 2025-yil 1-avgustgacha Ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish strategiyasi tasdiqlanadi.
📚 Yetakchi ishbilarmon ayollardan iborat Tadbirkor ayollar kengashi tashkil etiladi.
