Ro‘yxatga olish - 2026
Prezident farmoni bilan davlat organlari va tashkilotlari xodimlari census.stat.uz portali orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF-173 son farmoni bilan 2026-yil 15-yanvar — 28-fevral kunlari muhim tadbir o‘tkaziladi.
Ro‘yxatga olish jarayoni 2 bosqichda tashkil etiladi:
1 bosqich 15-31-yanvar
17 kun davomida census.stat.uz sayti orqali OneID tizimi yordamida onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoni yaratiladi.
2 bosqich 4-28-fevral
“Mahalla yettiligi” a’zolari uyma-uy yurib, planshet orqali ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etadi.
Shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligi qonun bilan kafolatlanadi.
Savolnomadagi ma’lumotlar boshqa idoralarga taqdim etilmaydi.
Savolnoma tarkibi
Jami savollar soni: 71 ta
Aholiga oid: 54 ta
Qishloq xo‘jaligiga oid: 17 ta
Ushbu vazifa ijrosini ta’minlash maqsadida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining 2025-yil 27-oktabrdagi 142-sonli buyrug‘i tasdiqlanib, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tizimida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarning census.stat.uz portalida ro‘yxatdan o‘tishini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar belgilanib olindi.
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tizimida faoliyat olib boruvchi 1038 nafar xodimlar (boshqaruv, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi) va ularning 5181 nafar oila a’zolari bilan census.stat.uz portalida ro‘yxatdan o‘tib, tegishli sertifikatlar taqdim etildi.
Xususan, 47 nafar Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi markaziy apparati, 166 nafar hududiy boshqarmalar, 768 nafar tuman va shahar bo‘limlari, 57 nafar tizim tashkilotlari xodimlarining to‘liq ro‘yxatdan o‘tkazilishi ta’minlandi.
