Аtamalar lug‘ati
Sayt (veb-sayt, Internet-sayt) – doimiy ravishda Internetga ulangan maxsus kompyuterlarda (veb-serverlarda) joylashtirilgan ma’lumotlarga (veb-sahifalarga) ega fayllar to‘plami.
Bosh sahifa – veb-saytning bosh sahifasi.
Ochiq ma’lumotlar – ko‘p marotaba, mustaqil va bepul foydalanish maqsadida, odam tomonidan dastlab o‘zgartirilmagan holda avtomat ravishda qayta ishlashni ta’minlaydigan formatda shakllantirilgan, Internet tarmog‘iga tizimlashtirilgan ma’lumotlar ko‘rinishida joylashtirilgan ma’lumotlardir.
FAQs (tez-tez so‘raladigan savollar) – foydalanuvchilarning tez-tez so‘raladigan savollariga javoblar ro‘yxati.
Ishonch telefoni – fuqarolarning telefon orqali murojaatlarini qabul qilish tizimi.
Saytning mobil versiyasi – agar siz mobil telefondan foydalanayotgan bo‘lsangiz va saytning o‘zi buni aniqlamagan bo‘lsa, unda siz shu tugma orqali saytning mobil versiyasi o‘tishingiz mumkin.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt — mulk shaklidan qat’i nazar, korxonalar va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar.
Tadbirkorlik subyekti — belgilangan tartibda davlat ro‘yxtidan o‘tgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslar.
Normativ-huquqiy hujjat – bu qonun hujjatlarida belgilangan shaklda qabul qilingan, qonun hujjatlari normalarini umumiy majburiy davlat qoidalari sifatida belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjat.
Budjet – (qadimiy normand tilidan “baguete” — karmon, sumka) bu davlat va mahalliy oʻz-oʻzini boshqarish vazifalari va funksiyalarini moliyaviy taʼminlash uchun moʻljallangan pul mablagʻlari jamgʻarmalarini toʻplash va sarflash shaklidir.
Gʻaznachilikning maqsadi (vazifasi) – Gʻaznachilik davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash uchun budjet mablagʻlaridan maqbul foydalanish orqali barcha budjet oluvchilar uchun xarajatlarni oʻz vaqtida va maqsadli kassa ijrosini amalga oshiradi.
