Raqamli hukumat

Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi
Markaz Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi PQ-4699-sonli "Raqamli iqtisodiyot va Raqamli hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-iyundagi 409-sonli "Oʼzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi ayrim tashkilotlarning faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi qarorlari asosida Oʼzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzurida tashkil etildi.
Markaz faoliyati yoʼnalishlari
Markaz "Raqamli hukumat" tizimini va "Raqamli Oʼzbekiston - 2030" dasturini (keyingi oʼrinlarda - dastur) rivojlantirish doirasida raqamli iqtisodiyot va "Raqamli hukumat" tizimini takomillashtirish sohasidagi islohotlarning asosiy yoʼnalishlarini amalga oshiradi, xususan:
- raqamli hukumatni rivojlantirishda yagona texnologik yondashuvni taʼminlash
- davlat organlari va tashkilotlarida raqamli rivojlanishning ustuvor yoʼnalishlarini ishlab chiqish
- davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomining yagona idoralararo elektron tizimini joriy etish
- raqamli hukumat sohasidagi loyihalar va dasturlarni amalga oshirish bosqichlarini muvofiqlashtirish
Yuridik shaxsning nomi: "Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi" davlat muassasasi
Tashkiliy-huquqiy shakli: Davlat muassasasi
STIR raqami: 207 322 159
OKED: 84112
Ro'yxatidan o'tgan sana: 25.02.2021
Ro'yxatidan o'tgan raqam: 008950-03
Ish o'rinlar soni: 166
