Eʼtibor va gʻamxoʻrlik – insonparvarlik mezoni
2025-07-10 18:25:00 / Янгиликлар
Bugun Olot tumanida ehtiyojmand oilalarga moddiy yordam koʻrsatish boʻyicha navbatdagi ezgu ish amalga oshirildi. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 892-sonli qarori asosida tumandagi 35 ta mahallada yashovchi 453 nafar kam taʼminlangan oilalar farzandlari uchun zarur jihoz va vositalar tarqatildi.

Xususan, maktab yoshidagi 275 nafar bolaga parta, stul, sport kiyimlari, 12 nafar bolaga esa oʻquv qurollari topshirildi. Ushbu xayriya aksiyasi "Nuroniy" jamgʻarmasining tuman boʻlimi tomonidan tashkil etilib, tumani hokimi Nargiza Nematova boshchiligida oʻtkazildi.
Tadbir davomida ehtiyojmand oilalarning yashash sharoitlari ham oʻrganildi. Oilalarga moddiy va maʼnaviy koʻmak koʻrsatish, ularning farzandlarini qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish masalalari eʼtiborga olindi. Shuningdek, ularning murojaatlari tinglanib, tegishli tashkilotlarga koʻrsatmalar berildi.
Mazkur tashabbus jamiyatda mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashga, ijtimoiy tenglikni taʼminlashda oʻrni beqiyos.








