Bugun o‘zbek xalqining buyuk farzandi, shoir, mutafakkir va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun!!!
2026-02-14 12:15:00 / Новости
Yetuk davlat arbobi va iste'dodli sarkarda sifatida u o‘z nomini jahon tarixiga abadiy muhrladi. Uning o‘lmas asari — Boburnoma – o‘z davrining ruhi, geografiyasi va buyuk hukmdorning ichki olamini aks ettirgan noyob tarixiy va adabiy yodgorlikdir.
Bobur Mirzo – Temuriylar Renessansiga munosib davomchi, ilm-fan, madaniyat, san'at va adabiyot homiysi edi. Unda sarkarda matonati va shoir nozikligi, hukmdor donishmandligi va ijodkor qalbining latofati uyg‘unlashgan. Uning ijodi va davlatchilik faoliyati jonajon Vatanimizni butun dunyoga tarannum etdi.
Bobur hayoti – matonat, jasorat va Vatanga beqiyos muhabbat namunasidir. Uning boy merosi avlodlarni birlashtiradi, bilim olishga, rivojlanishga va yuksak orzu-intilishlarga ilhom baxsh etadi.
Buyuk ajdodimiz xotirasi xalqimiz tarixining boyligi, yuksak qudrati va madaniy merosining ulug‘vorligini yodga solib turadi. Bobur xotirasi xalqimiz qalbida mangu yashasin!

