Qo'mita tarixi
Xotin-qizlar qömitasi tarixi
1-bosqiç:
Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erişgaç, 1991-yil 27-dekabrda Özbekiston Xotin-qizlarining Termiz konferensiyasida Özbekiston Xotin-qizlar qömitasi jamoat taşkiloti sifatida taşkil topgan.
Öşa yillari Jumhuriyat xotin-qizlar qömitasi deb yuritilgan va ilk rais sifatida Halima Xudoyberdieva saylangan.(Uşbu konferensiya böyiça asosli manba yetarli emas. Lex.uz milliy bazasida qömita 1992-yildagi Prezident farmonida Xotin-qizlar komiteti sifatida qayd etilgan maʼlumot mavjud (http://old.lex.uz/docs/2391972). 1993-yildagi 8-mart bayrami arafasida bir guruh ayollarni mukofotlaşga oid Prezident Farmonida (http://old.lex.uz/docs/2385674) esa Özbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qömitasi nomi tilga olinadi. Bu esa qömita uzoq yillar davomida faoliyat yuritib kelganini anglatadi.)
2-bosqiç:
1995-yilda Xotin-qizlar qömitasi raisi bir vaqtning özida boş vazirga örinbosar bölişi belgilangan (http://old.lex.uz/docs/181343). Joylarda esa qömitaning hududiy bölimlari raislari hokimlarga örinbosar bölgan.
3-bosqiç:
2004-yil 25-maydagi “Özbekiston xotin-qizlar qömitasi faoliyatini qöllab-quvvatlaş borasidagi qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi №34-34 -sonli Prezident Farmonida (https://lex.uz/docs/-214651) Xotin-qizlar qömitasining işçi apparati tuzilmasi xarajatlari byudjet hisobidan taʼminlanişi belgilanadi.
4-bosqiç:
Prezidentning 2018-yil 2-fevraldagi PF-5325-son Farmoniga asosan Xotin-qizlar qömitasi faoliyati yangi bosqiçga kötarildi.
Tuzilmaviy jihatdan yanada mustahkamlandi.
5-bosqiç:
2020-yilda Xotin-qizlar qömitasi tugatildi va tegişli Farmon (https://lex.uz/uz/docs/4740345) bilan Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi taşkil etildi.
6-bosqiç:
2022-yil 1-mart kuni (https://lex.uz/ru/docs/5884143) Özbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni asosida Özbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qömitasi taşkil etildi.
Uşbu Farmon asosida Özbekiston Respublikasining Boş Vaziri örinbosari – Oila va xotin-qizlar davlat qömitasi raisi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi örinbosari - Oila va xotin-qizlar qömitasi raisi, viloyatlar va Toşkent şahar hokim örinbosarlari - oila va xotin-qizlar boşqarmalari boşliqlari lavozimlari, tuman (şahar) hokim örinbosarlari - oila va xotin-qizlar bölimlari boşliqlari lavozimlari joriy etilib, qömita faoliyatida boşqaruv tizimi takomillaştirildi. Şuningdek, qömitaning hududiy bölinmalariga alohida ştat birliklari ajratildi.
7-bosqiç:
2022-yil 21-dekabr kuni (https://lex.uz/uz/docs/6324756) Özbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni asosida Oila va xotin-qizlar qömitasi sifatida Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi böysinuviga ötkazildi.
8-bosqiç:
2023-yil 21-dekabr kuni (https://lex.uz/docs/6704824) Özbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni asosida Oila va xotin-qizlar qömitasi böysunuvi Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligidan Vazirlar Mahkamasiga ötkazildi.
2026-yil 10-iyuldan Dilnozaxon Kattaxonova Özbekiston Respublikasi Boş vazirining örinbosari — Oila va xotin-qizlar qömitasi raisi etib tayinlandi
