Xaqnazarova Umida Ural qizi
2024-03-07 10:50:00 / Zulfiya qizlari

1994-yil 11-avgustda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek.
Toshkent davlat agrar universiteti ipakchilik mutaxassisligi bo‘yicha 2-bosqich magistranti.
Fan yo‘nalishining qishloq xo‘jaligi sohasida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Innovasion g‘oyalarini hayotga tatbiq etib kelayotgan yosh tadqiqotchi sifatida yurtimizda ipakchilikni rivojlantirish borasida samarali natijalarga erishib kelmoqda.
Qishloq xo‘jaligiga doir ilmiy-amaliy konferensiyalarda faol ishtirok etib, mutaxassislar e’tirofiga sazovor bo‘lmoqda.
Ipakchilik sohasiga ixtisoslashgan “Ipak Worm” sayti hamda mobil ilovasini yaratgan.
Xalqaro miqyosdagi Scopus, Research ID, Google scholar, Panda scholar, e-Library Orcid kabi ilmiy platformalar a’zosi.
2021-yilda Xitoyning Xanchjou shahrida talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan “Xitoy ovozi” xalqaro tanlovida 1-o‘rinni egallagan.
2018-2021-yillarda Xitoyning Shaoxing universitetida xitoy tili bo‘yicha o‘qib, nufuzli kompaniyalarda ipakchilik yo‘nalishida malaka oshirgan.
Respublika hamda xalqaro miqyosdagi ilmiy nashrlar va ilmiy anjumanlar to‘plamlarida 40 dan ortiq maqola va tezislari chop etilgan.
2022-yilda mamlakatimiz hamda AQSH, Xitoy, Hindiston, Gresiya davlatlarining nufuzli nashrlarida “Ipak qurti kasalligining sabablari, diagnostikasi”, “Ipak qurtini takroriy boqishda tut bargidan foydalanish”, “Tutni ko‘paytirish usullari”, “Tut ko‘chatzorini tashkil etish, o‘g‘itlash va almashlab ekish samaradorligi”, “Tut ipak qurtida zamburug‘ kasalliklari va uning diagnostikasi” mavzusidagi ilmiy maqolalari chop etilgan.
2022-yilda Prezident stipendiyasi tanlovi g‘olibi bo‘lgan.
2023-yilda Gresiya davlatida o‘tkazilgan onlayn konferensiyada “Ipak qurti kasalliklarining oldini olish bo‘yicha O‘zbekiston hamda Xitoy tajribasi” mavzusidagi ma’ruzasi bilan qatnashib, “Eng faol 100 ta yosh olim” ro‘yxatidan joy olgan.
Xitoy, ingliz va rus tillarini puxta o‘zlashtirgan. Universitetning ipakchilik va tutchilik kafedrasi qoshida xitoy tili bo‘yicha to‘garak tashkil etgan.
Yetakchiligi, tashabbuskorligi va jamoat ishlarida faolligi bilan yoshlar o‘rtasida alohida ajralib turadi.
