Ergashova Sadoqat Eshmamat qizi
2024-03-07 10:50:00 / Zulfiya qizlari

1995-yil 6-aprelda Qumqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek.
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha 3-bosqich tayanch doktoranti (Toshkent shahri Yangihayot tumani “Modern Science and Research” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari).
Adabiyotning she’riyat va publisistika yo‘nalishida ijod qiladi. Ijodida inson ruhiyatining go‘zal tuyg‘ulari, Vatan, el-yurt taqdiriga daxldor mavzular o‘ziga xos obrazlarda aks etadi. Xususan, yurt haqida yozar ekan, shunday misralarni bitadi: “Bunchalar ko‘hnasan, bunchalar ko‘rkam, Qushlarning oshyoni mening o‘ng yelkam, Oftobning yuziday porlagan o‘lkam, Mening yuragimda gullagan, Vatan”.
2016-yilda “Shafaq aksi” nomli she’riy to‘plami chop etilgan.
Hozirda “Eshqobil Shukur she’riyatida so‘zning badiiy vazifasi” mavzusida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.
2022-yilda “Eshqobil Shukur she’riyatining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari” nomli risolasida taniqli shoirning ijodi va she’rlari chuqur tahlil qilingan bo‘lib, ushbu risola mutaxassislar tomonidan yuqori baholangan.
2018-yilda Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibi bo‘lgan.
2021-yilda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan respublika yosh ijodkorlarining Zomin seminarida “She’riyat” yo‘nalishi bo‘yicha ijod namunalari mutaxassislar tomonidan e’tirof etilgan.
2022-yilda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasiga a’zolikka qabul qilingan.
2021-2023-yillarda xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy nashrlarda 30 dan ortiq maqola va tezislari nashr qilingan.
2023-yilda “Zamonaviy fan va tadqiqotlar” xalqaro ilmiy jurnalida “Xalq qo‘shiqlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusidagi maqolasi chop etilgan.
2023-yilda Ispaniyaning “Innovatsiya va integratsiya” xalqaro ilmiy jurnalida nashr qilingan “Adabiyotga aylangan umr” mavzusidagi maqolasi uchun sertifikat bilan taqdirlangan.
2023-yilda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘tkazilgan «Волшебный мир искусства» va “Золотой орёл” xalqaro ijod festivallarida “She’riyat” yo‘nalishida 1-o‘rinni egallagan.
2023-yilda Germaniyaning Berlin shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro madaniyat festivalida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zosi sifatida “Beshta muhim tashabbus” loyihasi doirasida yoshlar o‘rtasida o‘tkazib kelinayotgan adabiy kechalar va kitobxonlik anjumanlarida o‘zining she’riy dasturlari bilan faol qatnashmoqda.
