Suleymanova O‘g‘ilxon Abdurazok qizi
2024-03-07 10:50:00 / Zulfiya qizlari

1996-yil 13-yanvarda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek.
O‘zbek milliy maqom san’ati markazi Andijon viloyati hududiy bo‘limi artist-maqomchisi.
San’atning maqom ijrochiligi yo‘nalishida ijod qiladi. Mamlakatimizda va xalqaro miqyosda o‘tkazilayotgan festivallarda milliy san’atimizning noyob namunalari bo‘lgan “Yor vasli”, “Sarahbori oromijon”, “Cho‘li iroq”, “Dugoh”, “Sog‘indim” kabi mumtoz qo‘shiqlarni mahorat bilan ijro etib, mutaxassislar va muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘lib kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi Erkin Ro‘zimatov uning ijodiga yuqori baho bergan.
2023-yilda Rossiyaning Moskva shahrida onlayn bo‘lib o‘tgan «Таланты России»
va «Шоу талантов» xalqaro san’at tanlovlarida 1-o‘rin sohibi bo‘lgan.
2022-yilda Madaniyat vazirligi tomonidan o‘tkazilgan Bobur g‘azallari bilan ijro etiladigan “Eng yaxshi qo‘shiqlar” respublika ko‘rik-tanlovida g‘olib bo‘lgan.
2023-yilda Rossiyaning «Арт птица» ijodiy rivojlanish xalqaro markazi tomonidan o‘tkazilgan xalqaro musiqa festivalida “Ko‘chalar” qo‘shig‘ini mahorat bilan ijro etib,
1-o‘rinni egallagan.
2023-yilda Rossiyaning Tobolsk shahrida talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan «Век искусства» xalqaro ijodiy tanlovida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan.
2023-yilda Qozog‘istonning Pavlodor shahrida o‘tkazilgan xalqaro san’at tanlovida “Adolat tanovari” qo‘shig‘ini ijro etib, I darajali diplom bilan taqdirlangan.
2023-yilda Madaniyat vazirligi tomonidan o‘tkazilgan “Dunyo sadolari” xalqaro milliy estrada san’ati festivalida “Eng yaxshi estrada xonandasi” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.
2023-yilda Buyuk Britaniyaning Glasgov shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro ilmiy konferensiya maqolalar to‘plamiga uning “O‘zbek mumtoz musiqasi tarixi” mavzusidagi maqolasi o‘rin olgan.
