Turkiya Respublikasida boʻlib oʻtadigan “Xalqaro oila forumi”da Bosh vazir oʻrinbosari–Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Z.B.Mahkamovaning maʼruzasi
2025-04-22 12:10:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Aziz ishtirokchilar, qadrli mehmonlar!
Oʻzbekistonda hurmatli Prezidentimiz Mirziyoyev rahbarligida inson qadrini ulugʻlash bosh mezon boʻlgan, demokratik, ochiq va adolatli jamiyat – Yangi Oʻzbekiston barpo etilmoqda.
“Oʻzbekistonning tashqi siyosatida Markaziy Osiyo — bosh ustuvor yoʻnalish” tamoyilini amalda tatbiq etilishi natijasida mintaqamizda mutlaqo yangi siyosiy muhit yaratildi, oʻzaro ishonch va yaxshi qoʻshnichilik asosidagi aloqalar mustahkamlanmoqda.
Oʻzbekiston mustaqilligini birinchi boʻlib tan olgan Turkiya vaqt sinovidan oʻtgan ishonchli hamkorimizdir. Soʻnggi yillarda keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlari davlatlarimiz Rahbarlarining faol siyosiy muloqoti va qatʼiy siyosiy irodasi natijasida yanada chuqurlashib bormoqda.
Barcha darajalarda – parlamentlar, vazirlik va idoralar, hududlar va kompaniyalar oʻrtasida aloqalar jadal rivojlanmoqda.
Ayniqsa, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik mutlaqo yangi surʼat kasb etgani quvonarli holdir.
Hurmatli Forum ishtirokchilari !
BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari, Xotin-qizlarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisidagi Konvensiya, Pekin Harakatlar platformasi hamda boshqa xalqaro huquqiy hujjatlar va 20 ta konvensiyalarning ratifikatsiya qilinishi Oʻzbekiston uchun muhim huquqiy va institutsional asos boʻlib xizmat qilmoqda.
Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonlarida xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini kengaytirishga, oilalar farovonligini taʼminlashga qaratilgan milliy tajriba – Oʻzbekiston modeli yaratildi.
Oxirgi 7 yil davomida mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yoʻnalishida 100 ga yaqin normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasida bolalar va ularning oilalari , ayniqsa, nogironligi boʻlgan , ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan , shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa toifalarning huquqlari va himoyasini taʼminlash borasida muhim ishlar amalga oshirilmoqda.
Maʼlumot uchun: Bugungi kunga qadar mamlakat aholisining
35 % dan ortigʻi 18 yoshgacha boʻlgan bolalardir yil ( 13 million ), shundan 347 tasi minglab bolalar ijtimoiy himoyaga muhtoj , shuningdek, 44 minglab bolalar chet elda yashaydi.
Prezidentimiz tashabbusi bilan bolalar masalasi davlat siyosati darajasiga koʻtarildi va bolalar huquqlarining kafolati Konstitutsiyaning alohida bobida mustahkamlandi .
2023-2025-yillarda 50 dan ortiq bolalar masalalari boʻyicha qonunosti hujjatlar qabul qilindi.
Ilgari bolalarni ijtimoiy himoya qilish xizmatlari 6 ta muassasa tomonidan amalga oshirilar edi.
“Inson” tuman ijtimoiy xizmat koʻrsatish markazlari va mahalla miqyosidagi ijtimoiy soha xodimlari orqali 100 mingdan ortiq aholiga 100 turdagi ijtimoiy xizmatlar xizmat koʻrsatilmoqda.
Oila va bolalarga ijtimoiy koʻmak berish maqsadida
2023-yildan 2025-yilgacha boʻlgan davrda quyidagi ishlar amalga oshirildi:
A) Oʻtgan yil davomida nogiron bolalarni taʼlim xizmatlari bilan qamrab olish koʻpaydi 70 % dan 7,4 % gacha , keyingi oʻquv yilida esa 82 % ga yetkazish rejalashtirildi.
Hozirda 38 dan oshgan ming (6,9 ming davlat, 31,1 ming nodavlat) maktabgacha taʼlim tashkilotlari 77 % ( 2,3) qamrab olgan million ) dan 3,1 million 3-7 yoshli bolalar yil va 96,0 %
6 yoshli bolalarni tashkil etadi .
Maʼlumot uchun : 2017-yilda maktabgacha taʼlim muassasalari bilan qamrov atigi 27 foizni tashkil etdi .
Respublikada 947 yilda umumtaʼlim maktablarida 1800 nafar bola inklyuziv sinflarda taʼlim oladi.
V) Imkoniyati cheklangan oilalarining bolalar taʼlim muassasalariga borishlari uchun transport xarajatlarini qoplash boʻyicha tajriba loyihasi ishga tushirildi .
b) Kam taʼminlangan oilalar farzandlarini maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish koʻzda tutilgan boʻlib, 80 gacha foiz (oylik toʻlovlarni qoplash orqali), oilalarga ijtimoiy va iqtisodiy yordam berilmoqda va ularning oilalari munosib ish bilan taʼminlash imkoniyati yaratilmoqda.
175 mingdan ortiq oilalarga nogironlik tashxisi qoʻyilgan. bolalar , ularga turli ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish orqali ularning jamiyatga toʻliq integratsiyalashuvi taʼminlanmoqda.
Oilalarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish va ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalarni oilaga joylashtirish shakllarini rivojlantirish ishlari olib borilmoqda.
Bolalarni joylashtirishning institutsional shakllaridan
mahalla miqyosida oilaviy taʼlim shakllariga oʻtish ijobiy natijalar bermoqda: 2023 - yilga nisbatan muassasalardagi
bolalar soni 1,5 barobarga kamaydi .
a) Oʻtgan davrda 78 ming yetim va ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatildi .
Oʻtgan yilning oʻzida 29,5 ming bunday bolalar vasiylikka, 10,6 ming nafari homiylikka olingan ; 2.9 minglab bolalar asrab olingan .
b ) 2024-yilda 297 Mehribonlik uylari, Mehribonlik va oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilari oʻz oilaviy muhitiga qaytarildi .
Ulardan 162 nafari biologik oilasiga, 104 nafari vasiylik, homiylik va oilaviy homiylikka, 31 nafari farzandlikka olingan .
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi asosida ishlab chiqilgan davlat dasturida xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash belgilab berilganligi muhim ahamiyatga ega.
Jahon Banki tahlillariga koʻra, Oʻzbekiston oxirgi yillarda gender tengligiga erishish islohotlari bilan katta muvaffaqiyatga erishgan dunyoning besh mamlakati qatoridan oʻrin oldi.
Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligi, davlat va jamiyat boshqaruvidagi oʻrni ortib bormoqda.
Qonunchilikda deputatlikka nomzodlarning kamida 40 foizi ayollar boʻlishi toʻgʻrisidagi normaning kiritilishi natijasida Qonunchilik palatasi deputatlarining 38 foizi, Senat aʼzolarining qariyb 27 foizi, mahalliy kengashlar deputatlarining 32,6 foizi xotin-qizlarni tashkil etmoqda.
Rahbar ayollarning ulushi tobora ortib, boshqaruv sohasida xotin-qizlarning ulushi 35 foizga yetdi.
Xususiy sektorda ishlovchi ayollarning homiladorlik nafaqalari byudjet mablagʻlari hisobidan toʻlab borish tizimi yoʻlga qoʻyildi.
Davlat idoralarida Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash masalalari boʻyicha maslahat kengashlari tashkil etildi.
Ayollar va erkaklar teng huquqliligi, bolalar va xotin-qizlarga nisbatan sodir etilayotgan zoʻravonlikning oldini olish maqsadida Qonun qabul qilinib, unga asosan “oilaviy zoʻravonlik” tushunchasi jinoyat qonunchiligiga kiritildi hamda bu uchun alohida jinoyat tarkibi sifatida javobgarlik belgilandi.
Mamlakatimizda oila va xotin-qizlar Qoʻmitasi tomonidan oilani har tomonlama mustahkamlash maqsadida eng quyi boʻgʻin – mahalla va xonadongacha kirib boradigan vertikal tizim yaratildi.
10 mingta mahallada “mahalla yettiligi” tizimi joriy etildi. “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida har bir mahallada muammolarni joyida aniqlab, kompleks yondashuv asosida ish tashkil etish mexanizmlari joriy etildi.
Oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishga munosib hissa qoʻshgan “Yangi Oʻzbekiston ibratli oila”lari aniqlanib, “Ibratli oila” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash yoʻlga qoʻyildi.
Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlari tashkil etilib, unda nikohlanuvchi shaxslarni oilaviy-huquqiy munosabatlar, oilaviy hayot psixologiyasi, oila iqtisodi va byudjeti, reproduktiv salomatlik asoslari, maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash masalalari boʻyicha oʻqitish tizimi joriy etildi.
Shuningdek, har bir hududda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilaviy nizolarning oldini olish hamda xotin-qizlarga huquqiy tibbiy va psixologik yordamlar koʻrsatish maqsadida “Oila va xotin-qizlar maskanlari” faoliyati yoʻlga qoʻyilmoqda.
Xotin-qizlarni daromad topishga oʻrgatish, tadbirkorligini yoʻlga qoʻyish, biznesini rivojlantirishga oid Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Hukumat qarorlari qabul qilindi.
Tijorat banklari tomonidan ayollarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida 10 dan ortiq loyihalar joriy etildi va oilalar iqtisodiyotini barqarorlashtirish va biznesini rivojlantirishga koʻmaklasholmoqda.
Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining tavsiyalari asosida oʻtgan yilning oʻzida xotin-qizlarga 17 trillion soʻm kredit va 240 mlrd soʻmlik subsidiya mablagʻlari ajratildi.
Xotin-qizlarning kasb-hunar va tadbirkorlik oʻqitish davlat tomonidan moliyalashtirilmoqda.
300 mingga yaqin xotin-qizlar mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasb-hunarga va tadbirkorlikka oʻqitildi.
Yurtimizdagi OTM talabalarining 52 foizdan ortigʻini xotin-qizlar tashkil etayotgani ularning taʼlim olish imkoniyatlarini oshirish yoʻlidagi harakatlarining amaliy natijasidir.
Qoʻmita tomonidan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga oliy taʼlim muassasalarida grant asosida tahsil olishlariga, oliy maʼlumotga ega boʻlmagan 5 yillik mehnat stajiga ega xotin-qizlarga davlat OTMlariga kirishlariga hamda 7 yil muddatga foizsiz taʼlim kreditlarini ajratishga tavsiyalar berilmoqda.
Magistratura va doktoranturaga har yili maqsadli kvotalar ajratish amaliyoti joriy qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan fan, taʼlim, madaniyat, sanʼat, adabiyot, sport, “IT” sohalari boʻyicha bilimli va faol qizlar Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlanib kelinmoqda.
“Bir million dasturchi” loyihasi amaliyotga joriy etilib, axborot texnologiyalari sohasida xotin-qizlarning ishtiroki yildan-yilga ortib bormoqda (50 %).
Ijtimoiy himoya yoʻnalishida ham muhim qadamlar qoʻyilmoqda.
Oilalarni uy-joy bilan taʼminlash boʻyicha subsidiyalarning kamida 40 foizi xotin-qizlarga yoʻnaltirilmoqda.
Boquvchisini yoʻqotgan xotin-qizlarning farzandlari davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga toʻlanadigan ota-onalar badalidan ozod qilindi.
Ayollarni ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash komissiyasi faoliyati yoʻlga qoʻyilib, imkoniyati cheklangan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga individual dastur asosida ishlash boʻyicha 208 ta tuman (shahar)larda “Ayollar daftari” jamgʻarmalari davlat byudjeti tomonidan qoʻllab-quvvatlanmoqda.
“Sogʻlom oila – sogʻlom jamiyat” hamda “Sogʻlom ona – sogʻlom bola” konseptual gʻoyalari ayollar salomatligi va reproduktiv sogʻligini saqlash sohasidagi xizmatlar qamrovi kengaytirilmoqda.
Barcha hududlarda “Sogʻlom oila maslahatxonalari” tashkil etildi, skrining va profilaktik koʻriklar tashkil etilib, malakali mutaxassislar tomonidan amaliy yordam koʻrsatilmoqda.
Hurmatli Forum ishtirokchilari !
Bugungi tadbir oila va ijtimoiy munosabatlar sohasidagi xalqaro hamkorlikni kengaytirishda muhim oʻrin tutadi. Uning yuqori darajada tashkillashtirilgan va bizga koʻrsatilgan mehmondoʻstlik uchun qardosh turk tomoniga samimiy minnatdorlik bildiramiz.
Xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish va kengaytirish, oila institutini mustahkamlashda xorijiy davlatlar bilan muloqotni jadallashtirishga tayyormiz. Shu bilan birga, bu yoʻnalishda quyidagi takliflarni ilgari suramiz:
1. Oilalarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan siyosatlar, qonunlar va tajribalarni umumlashtirish va tarqatish uchun doimiy faoliyat koʻrsatadigan “Global Oila Siyosati Ekspertlar Platformasi”ni taʼsis etish. Bu platforma mamlakatlar oʻrtasida tajriba almashish, maʼlumotlar bazasi shakllantirish va siyosatlar samaradorligini baholashga yordam beradi.
2. Oilalarda zoʻravonliklarni bartaraf etish boʻyicha tajriba almashish maqsadida Toshkentda xalqaro davra suhbati oʻtkazish.
3. Bugungi tahlikali davrda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash uchun hujjatli va animatsion filmlar, ijtimoiy roliklar, zamonaviy media vositalari orqali yoshlar va bolalar ongida oilaviy bagʻrikenglik, oʻzaro hurmat va masʼuliyat kabi tushunchalarni shakllantirish alohida ahamiyat kasb etadi. Bu borada xalqaro hamkorlikda ishlab chiqilgan kontentlar, koʻp millatli auditoriyaga moʻljallangan koʻrgazmalar va onlayn platformalar orqali tarqatilishi maqsadga muvofiq.
Eʼtiborlaringiz uchun rahmat!
