Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisi uchun axborot
2025-03-18 11:00:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Soʻnggi yillarda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan xotin-qizlarga oid Davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari asosida yaratilgan tizimli islohotlar natijasida yurtimizda oilani mustahkamlash va xotin-qizlar rolini oshirishga qaratilgan keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xotin-qizlar huquq va manfaatlarini kengaytirishni nazarda tutuvchi Inson huquqlari deklaratsiyasi, BMTning barqaror rivojlanish maqsadlari, Xotin-qizlarni kamsitishining barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisida Konvensiya (SEDAW), Pekin Harakatlar platformasi kabi xalqaro va milliy huquqiy hujjatlar ayollar manfaatlarini qamrab olgan.
Shuningdek, xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish boʻyicha milliy dastur amalga oshirilmoqda.
Bu borada milliy tajriba – Oʻzbekiston modeli yaratildi.
Yurtimizda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yoʻnalishida normativ-huquqiy baza yaratildi va 100 ga yaqin hujjatlar qabul qilindi.
Birgina, 2024 yilda 21 ta normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi.
Joriy yilning 1-choragida sohaga doir 6 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi.
1. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni
(PF-1-son, 11.01.2025-y.)
2. “Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori
(PQ-96-son, 07.03.2025-y.)
3. “Xotin-qizlarning pillachilik sohasidagi bandligini bosqichma-bosqich taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (46-son, 29.01.2025-y.)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek,baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Hukumat Qarori (135-son, 01.03.2025-y.)
5.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 7-martdagi PQ-96-son qarori;
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 14-martdagi PQ-103-son qarori
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini kuchaytirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlash, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy faolligini oshirish va gender tenglikni taʼminlash boʻyicha aniq maqsadlar belgilandi.
I. Gender tenglikni taʼminlash siyosatini davom ettirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni qoʻllab-quvvatlashga doir islohotlarni amalga oshirish.
Bugungi kunda hurmatli ayollarimiz turli soha va tarmoqlarda Vatanimizning jadal taraqqiyoti uchun munosib hissa qoʻshayotganlarini minnatdorlik bilan eʼtirof etamiz.
Eng muhimi, aql-zakovatli, bilimli va isteʼdodli xotin-qizlarimiz davlat va jamiyatning barcha sohalarida namuna boʻlishmoqda.
Masalan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining 38 foizini, Senat aʼzolarining 27 foizini ayollar tashkil etmoqda.
Bunday koʻlamli ishlarimiz xalqaro miqyosda keng eʼtirof etilmoqda, Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi obroʻsi, uning xalqaro reyting va indekslardagi oʻrniga ijobiy taʼsir koʻrsatmoqda.
1997 yildan beri Milliy parlamentlar boʻyicha xalqaro reyting (IPU Parline) har oy parlamentdagi ayollar foizi reytingini eʼlon qilib keladi.
Ushbu reytingda Oʻzbekiston parlamentdagi xotin-qizlar salmogʻi boʻyicha dunyodagi 183 ta davlat oʻrtasida 2023 yildagi 52-oʻrindan 38-oʻringa koʻtarildi, 14 pogʻona yuqoriladi.
Gender tenglik va boshqaruv indeksi (Gender Equality and Governance Index — GEGI) mamlakatlarni gender tenglikka erishish yoʻlida muvaffaqiyat va kamchiliklarni aniqlash maqsadida beshta asosiy sohada — boshqaruv, taʼlim, mehnat, tadbirkorlik va zoʻravonlikni oldini olish boʻyicha baholab boradi.
Oʻzbekiston erishilgan ijobiy natijaga koʻra ushbu reytingda 2022-yildagi 103-oʻrindan 52-oʻringa koʻtarildi.
Mamlakatimizda gender tenglikni taʼminlash vositalari boʻlgan davlat organlari va tashkilotlarida genderga oid audit oʻtkazilmoqda (Iqtisodiyot va moliya, Transport, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik, Togʻ-kon va geologiya, Sogʻliqni saqlash vazirliklarida oʻtkaziladi), normativ-huquqiy hujjatlarning gender huquqiy ekspertizasi tashkil qilindi, gender statistika yuritilmoqda.
2022-2024 yillarda Kadrlar zaxirasiga saralangan
150 nafar nomzod Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida “Rahbar ayollar maktabi” oʻquv kursida oʻqitilib, ulardan 55 nafari rahbarlik lavozimlariga tayinlandi.
Rahbar ayollarimizning dunyodagi taraqqiy etgan mamlakatlarda malaka oshirishi tizimli yoʻlga qoʻyildi. Jumladan, 30 dan ortiq rahbar ayollar stajirovkalari Avstriya, Chexiya, Latviya, Turkiya, Koreya, Xitoy, Yaponiya, Germaniya, Italiya, Norvegiya, Finlandiya, Albaniya, Maldova davlatlarida tashkil etildi.
Vazir va vazirga tenglashtirilgan lavozimlarda xotin-qizlar ulushi 2018 yilda qariyb 3 foizni tashkil etgan boʻlsa, oʻtgan davrda ikki barobar oshib 7,7 foizga yetgani eʼtiborlidir.
Mahalla raislari va “mahalla yettiligi” aʼzolarining aksariyat qismini ayollar tashkil etadi. Jumladan, 2025 yil
1 mart holatiga 1 419 nafar mahalla raisi (15%), 870 nafar yoshlar yetakchisi (9%), 351 nafar hokim yordamchilari (3,7%) ayollar hisoblanadi.
Xotin-qizlarning boshqaruv sohasidagi ulushi bugungi kunda 35 foizga, tadbirkorlik sohasida 45 foizga yetdi. Xususan, xotin-qizlar ulushi sohalar kesimida tahlil qilinganda tibbiyot sohasida 74,8 foiz, taʼlim sohasida
71,1 foiz, iqtisodiyot va sanoat sohasida 46,8 foiz, qishloq xoʻjaligi sohasida 43,2 foizni tashkil etmoqda.
Davlat va jamiyat boshqaruvida xotin-qizlar rolini yanada oshirishga qaratilgan “Ayollar ensiklopediyasi” yaratildi.
400 ga yaqin davlat idoralarida Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash masalalari boʻyicha maslahat kengashlari tashkil etildi.
2025-yilda bu yoʻnalishda davlat tashkilotlari hamda rahbarlarning samaradorlik koʻrsatkichlarini baholashda tashkilotdagi xotin-qizlarning ijtimoiy faolligi, xodimlar orasida ayollar ulushi va rahbarlik lavozimidagi faoliyatini qoʻllab-quvvatlaganlik holatini alohida indikator sifatida belgilash taklifi ishlanadi.
Taʼlim yoʻnalishi:
Yurtimizda keyingi yillarda xotin-qizlarning sifatli taʼlim olish imkoniyati kengaytirildi.
Bitta qizni oʻqitsak, butun oilaga taʼlim bergan boʻlamiz. Agar oila bilimli, maʼrifatli boʻlsa, jamiyatning ongi, madaniy darajasi ham yuksaladi.
Shu maqsadda, yurtimizdagi 200 dan ziyod oliygoh talabalarining 52 foizdan ortigʻini (783 ming nafar) xotin-qizlar tashkil etadi. Oʻtgan yilning oʻzida magistraturada oʻqiyotgan 15 mingga yaqin xotin-qizlarga 100 milliard soʻmga yaqin kontrakt puli toʻlab berildi.
2024 yilda 82 ming nafar oliy taʼlim muassasalari, texnikum va kollejlarda taʼlim olayotgan talaba qizlarga 7 yil muddatga foizsiz 969 mlrd soʻm taʼlim kreditlari ajratildi.
2022-2024-yillarda 397 ming nafariga 7 yil muddatga foizsiz 4,3 trln soʻm taʼlim kreditlari ajratildi.
Ehtiyojmand oilalardagi 18 481 nafar xotin-qizlarga oliy taʼlim muassasalariga qoʻshimcha davlat granti asosida oʻqishga kirish uchun qoʻmitaning tavsiyanomasi berildi va ulardan 1 801 nafari oliy taʼlim muassasalariga davlat granti asosida qabul qilindi.
2020-2024-yillarda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tavsiyanomasi bilan davlat granti asosida 8 653 nafar ehtiyojmand xotin-qizlar oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirdi.
5 yillik mehnat stajiga ega, lekin oliy maʼlumotli boʻlmagan 398 nafar xotin-qizlar qoʻmitaning tavsiyanoma oliy taʼlimga toʻlov kontrakt asosida oʻqishga qabul qilindi.
2022-2024-yillarda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tavsiyanomasi bilan toʻlov kontrakt asosida 1 256 nafar xotin-qizlar oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirdi.
1983 nafar muhtoj, yolgʻiz ayollar va boquvchisini yoʻqotgan qizlarga qoʻmitaning tavsiyanomasi asosida mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan kontrakt toʻlovi qoplab berildi.
2021-2024-yillarda 6 ming nafarga yaqin muhtoj, yolgʻiz ayollar va boquvchisini yoʻqotgan qizlarning kontrakt toʻlovi mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan qoplab berildi.
Joriy yilda xotin-qizlarni oliy taʼlimga qamrab olish boʻyicha quyidagilar amalga oshiriladi:
birinchidan, boʻlgʻusi onalar, kelajak tarbiyachilari boʻlgan qizlarimiz kamolotiga erishish, ularning oliy taʼlimda qamrovini kengaytirish, xorijiy tillar va zamonaviy kasblarni oʻrgatish maqsadida har bir mahallada, taʼlim muassasalarida taʼlim olishlari uchun mavjud barcha imtiyoz va imkoniyatlar haqida taʼsirchan motivatsion targʻibot ishlari yoʻlga qoʻyiladi;
ikkinchidan, bu yil oliy taʼlimga qamrab olinadigan qizlar safini kengaytirish maqsadida har bir maktabda yuqori sinfda taʼlim olayotgan qizlarimiz individual yondashuv (variativ oʻquv reja) asosida oliygohlarga tayyorlanadi;
uchinchidan, 30 ming nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar axborot texnologiyalari oʻquv kurslariga bepul jalb etiladi.
II. Oilaning tarbiyaviy-taʼlim salohiyatini mustahkamlash, jamiyatda oilaviy qadriyatlarni saqlash, oilalarda maʼnaviy-axloqiy muhitni yaxshilash va ularning farovonlik darajasini oshirish.
Xotin-qizlar va oila masalasi – bu nafaqat bugungi kunimiz, balki ertangi kelajagimizni ham belgilab beradigan hal qiluvchi omildir. Jamiyatimizda oilaviy qadriyatlarni saqlash, oilalarda maʼnaviy-axloqiy muhitni yaxshilash bugungi kunda har qachongidan koʻra dolzarb boʻlib turibdi.
Shu maqsadda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi huzurida olimalar, ijodkorlar hamda ijtimoiy faol ayollardan tarkib topgan “Ayol maʼrifati” ilmiy-ijodiy ayollar jamoatchilik kengashi faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Mahallalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, farzand tarbiyasi, oila va xotin-qizlar maʼnaviyatini yanada yuksaltirish, faol va tashabbuskor ayollarning saʼy-harakatlarini birlashtirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga eʼtibor berilmoqda.
Ibratli oilalarni ragʻbatlantirish va ular hayotini keng jamoatchilikka targʻib qilish maqsadida 208 ta oila “Ibratli oila” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi, “Yangi Oʻzbekistonning ibratli oilasi” koʻrik-tanlovi natijalariga koʻra shunday oilalar soni 40 mingtaga koʻpaydi.
Jamiyatda yangi maʼnaviy makon yaratishda xotin-qizlar faolligini qoʻllab-quvvatlash, farzand tarbiyasi, oila, xotin-qizlar maʼnaviyatini yuksaltirishda tarbiyaviy taʼsir koʻrsata oladigan katta hayotiy tajribaga ega, tashabbuskor ayollarni birlashtirgan “Oqila ayollar” harakati aʼzolari
200 mingga yetdi.
“Oqila ayollar” harakatining tashabbuskor aʼzolarini hamda mahalla xotin-qizlar faollarini har olti oy (yarim yillik) yakuniga koʻra ragʻbatlantirish tizimi joriy etildi.
Endi, har yili “Oqila ayollar” harakatining 468 nafar tashabbuskor aʼzolari hamda 300 nafar mahalla xotin-qizlar faollari ragʻbatlantirib boriladi.
Qoʻmita tomonidan masʼul vazirlik va idoralar bilan “Oila mustahkamligi uchun barchamiz masʼulmiz”, “Sogʻlom oila-sogʻlom jamiyat”, “Erta va yaqin qarindoshlar nikohini oldini olish borasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar” mavzulari bilan 3 ta yoʻnalishda kompleks chora-tadbirlar dasturlari tasdiqlanib, ijroga qaratildi.
Shu asosda mahallalarda, mehnat jamoalarida va taʼlim muassasalarida 257 mingga yaqin maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy tadbirlar tashkil etildi. Ularda 4,5 mln. nafardan ortiq aholi vakillari ishtirok etdi.
Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash borasidagi ishlarni yangicha yondashuvlar asosida tashkil etish maqsadida Sergeli tajribasi joriy etildi. Natijada 155 mingdan ziyod nikohga kirayotgan yoshlar oʻqitilib, bu koʻrsatkich 2023 yilga nisbatan 1,7 barobarga oʻsdi. 2025 yilning 2 oyida esa, 17 mingdan ziyod yoshlar oʻqitildi.
Bugungi kunda Adliya vazirligi bilan birgalikda oʻquvlar sifatini yangi darajaga koʻtarish yuzasidan normativ hujjati loyihasi tayyorlanmoqda.
Oilaning tarbiyaviy-taʼlim salohiyatini mustahkamlash, nizoli oilalar bilan tizimli ishlash, oila farovonligini oshirish maqsadida Oila va xotin-qizlar maskanlarini tashkil etilmoqda. Bugungi kunda 21 ta tuman (shahar)da shunday maskanlar faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Mazkur maskanlarda:
nikohlanuvchi (18-30 yoshgacha) oila huquqi, oila iqtisodiyoti, oila psixologiyasi, oilaning reproduktiv salomatligi borasida oʻquvlarni tashkil etish;
oilaviy ajrim boʻyicha nizolashayotgan oilalarga mediativ, metodik, konsultativ va amaliy yordam koʻrsatish;
masʼuliyatli ota-onalik tamoyillariga amal qilishni kuchaytirish;
zoʻravonlik sodir etgan hamda zoʻravonlikka moyil (agressor) shaxslarning xulq-atvorini oʻzgartirishga qaratilgan yakka tartibdagi tadbirlarni tashkil etish;
oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi holatlarning oldini olishga koʻmaklashish va boshqa chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Qoʻmita tomonidan ishlab chiqilgan Oilaviy (maishiy) zoʻravonlik qurbonlariga nisbatan jabrlanuvchining talabiga koʻra sud tomonidan nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi ishlarni soddalashtirilgan tartibda koʻrib chiqish, sudda uy-joyga majburiy tartibda kiritib qoʻyish bilan bogʻliq daʼvolar koʻrilayotganda mutanosib sharoitga ega boʻlgan yoki uy egasi tomonidan ijara haqi toʻlab turiladigan yashash joyiga kiritib qoʻyish toʻgʻrisida Qonun loyihasi Oliy Majlis Senati tomonidan maʼqullandi. Shu oʻrinda mazkur loyihani takomillashtirishda ishtirok etgan Qonunchilik Palatasi deputatlariga oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Bundan tashqari, “Malayziya tajribasi” asosida oilalar bilan ish olib borishning yangicha uslublari ham faoliyatga joriy etilmoqda.
Bunda, oilalarning iqtisodiy imkoniyatlarini, ota-onaning farzand va oila mustahkamligidagi masʼuliyatini oshirish, zamonaviy axborot texnologiyalari orqali zararli, buzgʻunchi gʻoyalardan himoya qilish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Oilaviy nizolarni sudgacha hal qilish boʻyicha 23 ta ilgʻor xorijiy mamlakatlar tajribalari oʻrganildi hamda mahallada oilaviy mediatsiyani joriy etishni uslubiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida metodik tavsiyalar ishlab chiqildi.
“Farovon oila – kelajak poydevori” mavzusida 2 ta innovatsion va 10 ta amaliy loyihalar amalga oshirildi, “Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash” veb-platformasi, “Mening oilam” mobil ilovasi, erta turmush va erta tugʻruq qayd etilgan hududlardagi oʻzgarishlarni elektron tarzda kuzatuv xaritasi va multimedia mahsulotlari yaratildi;
5 ta yoʻnalishda 500 ga yaqin maʼnaviy qadriyatlar haqida xabar beruvchi “Oilaviy qadriyatlar majmuasi”ga dunyo mamlakatlaridagi oilaviy qadriyatlar tahlili, infografikalar va foydali resurslar joylashtirildi;
“Oila oʻquv platforma”si – https://oilamalaka.uz sayti ishga tushirildi. Unga oila institutini mustahkamlash, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy mavzularda 20 ga yaqin maʼruza matni, prezentatsiya, tarqatma material, 12 ta videodarslar joylashtirildi.
Mahallalarda huquqiy-psixologik xizmatlar yoʻlga qoʻyildi. “Xonadonbay” yurish va “Oila mustahkamligi kuni”dagi sayyor qabullar davomida 30 mingdan ortiq oilaviy ajrim yoqasidagi oilalar yarashtirildi. 13 796 ta rasmiylashtirmagan oilalarning nikohi qonuniylashtirildi.
Davlat va nodavlat teleradiokanallar bilan birgalikda oila mustahkamligini taʼminlashga doir ijtimoiy muammolar yuzasidan 100 dan ortiq tok-shoular va davra suhbatlari tashkil etildi.
Oila maʼrifatini yuksaltirishda onalarning rolini inobatga olgan holda har oyning 17-sanasida oʻtkazib borilayotgan anʼanaviy “Kitobxon onalar” kuni tadbirlari davom ettirilib, 15 mingdan ziyod uy bekalari boʻlgan kitobxon onalar jalb qilindi.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida 2024 yil yakuniga koʻra, oilaviy ajrim bilan bogʻliq koʻrsatkich 4 063 taga yoki 8,3 foizga, 30 yoshgacha boʻlgan oilalarda 1,1 baravarga kamaygan. 2025 yil 1 mart holatiga 109 taga (8107/7998) kamaygan.
Qoʻmita tomonidan yaqin yillar davomidagi oilani saqlashga qaratilgan dasturlar inventarizatsiya qilinib, amaldagi qonunchilikni yanada takomillashtirish yuzasidan Adliya vazirligi bilan hamkorlikda Prezident hujjati loyihasi ishlab chiqilmoqda.
Oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish maqsadida xotin-qizlar oʻrtasida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni olib boruvchi Targʻibot guruhi tarkibi yangi yondashuvlar asosida toʻliq qayta shakllantirildi.
“Maʼrifatli oila” targʻibot tadbirlari dasturi tasdiqlandi va ushbu dastur asosida Toshkent shahar Olmazor, Shayxontohur va Uchtepa tumanlarida “Maʼrifatli oila”, “Yurt kelajagi uchun masʼulmiz!” “Bir boʻlsak — yagona xalqmiz, birlashsak Vatanmiz!” mavzularida madaniy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi.
“Ayollar qadriyatlar davomchisi” loyihasi doirasida sogʻlom diniy eʼtiqod, milliy qadriyatlar, urf-odatlar, marosimlar taqdimotlari oʻtkazildi.
Qoʻqon Universitetida umumtaʼlim maktablari direktorlari, mahalla xotin-qizlar faollari, “Oqila ayollar” harakati aʼzolari va otinoyilar ishtirokida “Mahallalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Qoʻqon va Margʻilon shahrida oʻtkazilgan oʻquv-seminarda oliy va professional taʼlim, maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari rahbarlariga mavzuga oid jami 1 800 nusxada adabiyotlar va uslubiy qoʻllanmalar tarqatildi.
Andijon, Namangan, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari va Toshkent shahrida “Ayollar oʻrtasida mutaassiblikni oldini olish”, “Ayol — maʼrifat targʻibotchisi” mavzularida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi.
Ushbu tadbirlarda bugungi kunda ayollar oʻrtasida mutaassibona dunyoqarash va milliy qadriyatlar mezonlarini buzib talqin qilish, qadriyatlarimizga zid holda kiyinish kabi holatlar keskin oshib borayotganligi va ularga qarshi maʼrifiy kurash masalalari muhokama qilindi.
Respublika miqyosida anʼanaga aylangan “Xon atlas” milliy festivalida 8,5 mln.dan ortiq xotin-qizlar jalb etildi. Haftaning juma kunlari oʻtkazilayotgan milliy liboslar targʻiboti tadbirlari oila va xotin-qizlar tizimi tomonidan muvofiqlashtirib borilmoqda.
Xotin-qizlar faollari, oqila ayollar va nuroniy onaxonlarga murojaatnoma qabul qilindi. Mazkur murojaatnoma 200 mingga yaqin oqila ayollar, 149 mingga yaqin targʻibotchi ayollar, 3 mingga yaqin otinoyilar, oila va xotin-qizlar tizimi masʼullari bilan oʻtkazilgan respublika seminarida oʻqib eshittirildi.
Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Onalar yashil makon sari”, “Yurtimiz jamoliga onalar hissasi”, “Nabiramga tuhfam”, “Yaxshidan bogʻ qoladi”, Har bir xotin-qizdan – 5 tup nihol” kabi shiorlar ostida mahallalarda va hududlardagi “Onalar bogʻi”da mevali va manzarali daraxt koʻchatlarini oʻtkazishda xotin-qizlar faol ishtirok etib, 56 080 ta mevali va manzarali daraxtlar ekilgan.
Bu borada 2025 yilda quyidagilarni amalga oshirish rejalashtirilgan:
Oʻzbekiston Respublikasida 2030 yilgacha moʻljallangan “Oila farovonligi” milliy dasturi ishlab chiqiladi;
Davlatimiz Rahbarining 2025 yil 7 martdagi topshiriqlari asosida ibratli oilalar safini kengaytirish borasida mahallalarda alohida yondashuvlar asosida ish olib borilib, ularning sonini eng kami 160 mingga yetkazish choralari koʻriladi.
yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilaviy nizolarning oldini olish hamda xotin-qizlarga huquqiy, tibbiy va psixologik yordamlar koʻrsatish maqsadida barcha tumanlarda “Oila va xotin-qizlar maskanlari” faoliyati yoʻlga qoʻyiladi. Ularda masʼuliyatli ota-onalik, ota-onalikka koʻmaklashish, nizoli oilalar bilan ishlash boʻyicha taʼlim dasturlari joriy etiladi;
“Xavfsiz oila” moduli orqali nizoli oilalar vakillari bilan individual ishlash yanada jonlantiriladi;
oilaviy ajrimlarning oldini olish maqsadida mahalla fuqarolar yigʻinida haftada bir kun yosh oilalarga huquqiy, psixologik xizmat koʻrsatish yoʻlga qoʻyiladi;
milliy qadriyat va anʼanalarni targʻib etishga qaratilgan “Joziba”, “Xonatlas”, “Qadriyatlar jilosi” kabi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, koʻrik-tanlovlar, “Ayol maʼrifati”, “Tarix taxtidagi ayollar” podkastlari tashkil etiladi;
xususiy sektorda ishlovchi ayollarning homiladorlik nafaqalari byudjet mablagʻlari hisobidan toʻlab boriladi.
Shuningdek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida “Onalar yashil makon uchun”, “Onalar bogʻi”, “Oila bogʻlari” yaratiladi.
III. Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirildi.
Bugungi kunda olovqalb qizlarimiz Yangi Oʻzbekiston ravnaqiga munosib hissa qoʻshmoqda. Buning tasdigʻi Parijda boʻlib oʻtgan yozgi olimpiada va paralimpiyada oʻyinlarida yana bir bor yaqqol namoyon boʻldi.
Azmu shijoatli sportchi qizlarimiz Diyora Keldiyorova, Asila Mirzayorova, Nurxon Qurbonova, Svetlana Osipova, Ziyodaxon Isaqova, Kubaro Xakimova, Guljanoy Naimova, Sofiya Burxanova, Kumushxon Xodjayeva, Shaximaxon Yigitaliyeva, Roza Kuziyeva, Muslima Odilova, Moxigul Xamdamova, Nurxon Qurbonova chinakam qahramonlik namunasini koʻrsatib, milliy sportimiz tarixida shonli sahifa ochdilar.
2024-yilda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlab borish jarayonlari yanada takomillashtirildi.
Xususan, Davlatimiz Rahbarining 2024-yil 7-fevraldagi
34-son Farmoni bilan Zulfiya mukofoti yoʻnalishlariga axborot texnologiyalari yoʻnalishi 8- yoʻnalish sifatida kiritildi.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-noyabrdagi 731-son Qarori bilan Zulfiya nomidagi davlat mukofoti talabgorlarini tanlash, ularning hujjatlarini rasmiylashtirish va taqdim etish tartibi takomillashtirildi hamda yoʻnalishlar boʻyicha talabgorlarning yutuqlari, ilmiy-ijodiy va amaliy ishlarini baholash mezonlari belgilandi.
2025 yilgi Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga dastlabki saralash bosqichlarida 77 mingga yaqin qizlar qatnashgan boʻlsa, ular orasidan 6 647 nafari tuman (shahar) bosqichlarida, 1 365 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichlarida ishtirok etdi. Ular orasidan Respublika komissiyasi tomonidan 8 ta yoʻnalish boʻyicha mukofotga tavsiya etilgan 343 nafar nomzodlardan 28 nafari Prezident Qaroriga koʻra Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
Jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik koʻrsatgan, oʻzining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishi va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qoʻshgan, shu bilan birgalikda Vatan himoyasi yoʻlida farzandlari halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning va Olimpiya hamda Paralimpiya chempionlarining onalari — 333 nafar ayollar “Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
2025 yil 11 fevral – “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” mamlakatimizda keng nishonlandi.
10-15 fevral kunlari 208 ta tuman va shaharlarda “Ilmli ayol – jamiyat koʻzgusi” mavzusida haftalik tashkil qilindi.
Oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot institutlarida “Olima ayollar – eʼtiborda” mavzusida 272 ta maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi va unda 15 065 nafar talaba qizlar ishtirok etdi.
“Yil ayoli” tanlovining hududiy va respublika bosqichida
3 ming nafardan ortiq xotin-qizlar ishtirok etdi.
“Gender tenglik faoli” tanlovida 1 000 taga yaqin idora va tashkilotlar qatnashdi.
III. Xotin-qizlarning kasbiy koʻnikmalar olishlari, munosib ish topishlariga har tomonlama koʻmaklashish, tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash.
Xotin-qizlar bandligini taʼminlash, tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, mehnat bozorida talab yuqori kasb-hunarlarga oʻqitish borasida oʻtgan yilda qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan:
923 369 nafar xotin-qizlar bandligini taʼminlashga koʻmaklashildi.
Xususan:
257 171 nafari doimiy ish oʻrinlariga joylashtirildi;
284 041 nafari kasb-hunar va tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitildi;
224 495 nafar xotin-qizlarga 5,1 trln soʻmlik imtiyozli kredit mablagʻlari ajratildi;
55 118 nafar xotin-qizga 290 mlrd soʻm subsidiya mablagʻlari ajratildi;
102 544 nafar xotin-qizlar haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi.
Pillachilikka xotin-qizlarni keng jalb qilish maqsadida 967 ming nafar xotin-qizlarning ipak qurtini parvarishlashda bandligini taʼminlandi.
1055 nafardan ortiq mahallalarda xotin-qizlar bandligini taʼminlash va salomatligini mustahkamlash markazlari ochildi. Ularda 26 870 nafar xotin-qizlar kasb-hunarga oʻqitildi va 22 117 nafari sogʻlomlashtirishga jalb qilindi.
Oʻtgan yilda xotin-qizlarning mehnat huquqlarini himoya qilish boʻyicha Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan 18 807 ta oʻrganishlar oʻtkazildi.
Olib borilgan nazorat tadbirlari davomida ayollar nisbatan sodir etilgan qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslarga nisbatan 3745 ta yozma koʻrsatma, 77 ta taqdimnoma va 1566 ta maʼmuriy jarimalar qoʻllanildi.
Norasmiy mehnat faoliyatini olib borayotgan jami 131 ming nafar xotin-qizlarning ish oʻrinlari rasmiylashtirildi.
Xotin-qizlar bandligini taʼminlashga koʻmaklashish maqsadida 6 ta tuman tajribasi respublika boʻyicha ommalashtirildi.
Jumladan, xonadonlarda uchtadan ortiq daromad manbalarini yaratish boʻyicha Sayxunobod tajribasi, hunarmandchilikni rivojlantirish orqali ayollar bandligini taʼminlash boʻyicha Jondor tajribasi, aholi daromadlarini oshirish – xonadonda moliyaviy paketlarini joriy qilish boʻyicha Nishon, Shofirkon tajribasi, xotin-qizlar bandligini taʼminlashga qaratilgan kooperatsiyalar tashkil etish boʻyicha Bogʻdod tajribasi, kashtachilik maktabi va qoʻy junini qayta ishlashni yoʻlga qoʻyish boʻyicha Shahrisabz tajribasi ommalashtirildi.
Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda "Xotin-qizlar bandligini taʼminlash” yagona avtomatlashtirilgan monitoring axborot platformasi (www.ayollar-bandligi.uz) ishga tushirildi hamda tegishli tizimlar bilan integratsiya qilindi.
Respublikamizda 2025 yilning 1-yanvar holatiga oʻzini oʻzi band qilgan xotin-qizlar soni 1,9 mln nafarni (42 foiz), yakka tartibdagi ayol tadbirkorlar 121 ming nafarni (43 foizi) tashkil etmoqda.
Tadbirkorlik boʻyicha faoliyat olib borayotgan hamda faoliyatini endi boshlagan xotin-qizlarga mahsulot va xizmatlarni bozorga olib chiqishda hamda elektron savdolarda ishtirok etishlariga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda.
Joriy yilning 1 yanvar holatiga davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portallaridan 9 ming nafar ayol tadbirkorlik subyektlari roʻyxatdan oʻtdi.
Tadbirkor xotin-qizlar hamda tadbirkorlik qilish istagidagi ayollarning biznes loyihalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida iqtisodiy idoralar bilan birgalikda respublikaning barcha hududlarida “Ayollar biznesini qoʻllab-quvvatlash” uchrashuv-muloqotlar tashkil etildi.
Mazkur muloqotlar jarayonida 3 246 nafar tadbirkor ayollar, hunarmandlar, ilgʻor kasanachilar hamda tadbirkorlik qilish istagidagi xotin-qizlarning muammolari hal etildi.
Jumladan:
1 646 nafar xotin-qizlarga tadbirkorlik loyihalari uchun kredit mablagʻlari, 610 nafariga subsidiya mablagʻlari ajratildi;
tadbirkorlik faoliyatini bilan shugʻullanmoqchi boʻlgan 403 nafar xotin-qizlarga 23,7 ming kv.m. maydon ijaraga berildi;
81 nafar xotin-qizlarga dehqonchilik xoʻjaligi uchun yer ajratildi, 140 nafarining bino va yer maydonidan foydalanish muddati uzaytirildi;
94 nafarining oʻqitish, qurilish xarajatlari va ortiqcha soliq toʻlovlarini undirish bilan bogʻliq masalalari hal etildi.
Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullangan 980 nafar xotin-qizlarga Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi hisobidan grant mablagʻlari ajratildi.
2024-yilda Davlatimiz rahbari tomonidan 2024-yil
7-martdagi PQ-122-son qarori bilan xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish, kasbga oʻqitish va bandligini taʼminlash, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hisobidan jami
100 million AQSH dollari miqdorida kredit resurslari ajratilgan edi.
Joriy yilda ham 7-mart kuni Prezidentimizning “Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-96-son qarori qabul qilinib, xotin-qizlarning tadbirkorlik loyihalari uchun 200 million AQSH dollari miqdorida kredit resurslari ajratilishi belgilandi. Bu oʻtgan yilga nisbatan ikki baravar koʻp.
Ushbu mablagʻlar doirasida:
2 million nafar ayollar bandligi taʼminlanadi, shundan 1 million 300 ming nafar xotin-qizni tadbirkorlikka jalb etiladi.
“Milliy bank” xizmatlar sohasida kamida 200 ming nafar xotin-qizning loyihalariga koʻmaklashadi;
“Turonbank” ATB limonchilikda 150 ming nafar ayollarga daromad topishi uchun arzon kreditlar taqdim etadi;
“Mikrokreditbank” ATB parrandachilikda – 160 ming nafar;
“Sanoat qurilish bank” ATB sabzavot va koʻchatlar yetishtirishda– 160 ming;
“Xalq banki” uzum, brokkoli va mahalliy karam yetishtirishda– 150 ming;
“Agrobank” bogʻdorchilik yoʻnalishida – 144 ming;
“Biznesni rivojlantirish banki” koʻkat, bulgʻor qalampiri, baqlajon va pomidor yetishtirishda – 94 ming;
“Asakabank” farmatsevtika va uzumchilikda – 82 ming;
“Aloqabank” IT, asalarichilik va mevali ekinlar yetishtirishda 58 ming nafar ayollarimizni band etishga koʻmaklashadi.
Bundan tashqari, Davlatimiz Rahbarining “Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025 yil 14 martdagi PQ-103-son qarorlari asosida joriy yilda xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashning asosiy maqsadli koʻrsatkichlariga erishish borasida barcha saʼy-harakatlar olib boriladi. Bunda:
2 million nafar xotin-qizlarning bandligini taʼminlash;
250 ming nafar xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish;
250 ming nafar xotin-qizlarni oliy taʼlim bilan qamrab olish;
50 ming nafar ehtiyojmand xotin-qizlarni sanatoriylarda sogʻlomlashtirish hamda ularda tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha motivatsion seminarlar tashkil etish ishlari masʼul vazirlik va idoralar bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2025 yilda xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, bandligini taʼminlash, tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish, oila institutini mustahkamlashga qaratilgan dasturi tasdiqlandi va ijroga qaratildi.
Ushbu dastur doirasida:
139 396 nafar xotin-qizlar kasb-hunarga oʻqitishga jalb qilinadi;
134 400 nafar xotin-qizlar tadbirkorlik koʻnikmalari va moliyaviy savodxonlikka oʻqitiladi;
Sayxunobod tajribasi boʻyicha 96 629 nafar ishsiz xotin-qizlarni asalarichilik, parrandachilik, issiqxona, baliqchilik va boshqa yoʻnalishlarda kasb-hunarga oʻqitiladi;
3 862 ta xonadonda kichik ishlab chiqarish sexlarini (meva, sabzavotlar, sut mahsulotlarini qayta ishlash, mato toʻqish, tikish va boshqa) tashkil etiladi;
692 712 nafar xotin-qizlar tut ipak qurtini parvarishlashga, 55 ming nafarini tut koʻchatlarini yetishtirishga jalb qilish orqali bandligi taʼminlanadi;
oʻrmon xoʻjaliklari bilan daraxt, gul koʻchatlari yetishtirish boʻyicha 13 120 nafar xotin-qizlarni daromad topishga oʻrgatiladi;
1160 ta mahallada “Xotin-qizlar bandligini taʼminlash va salomatligini mustahkamlash markazlari” tashkil etiladi;
tuman (shahar)da davlat-xususiy sherikchilik tamoyillari asosida hunarmandchilik sanoat markazlari tashkil etishga koʻmaklashiladi.
Ayollarning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadida “Hamroh” masʼuliyati cheklangan jamiyati hamda Savdo-sanoat palatasi qoshida tashkil etilayotgan Tadbirkor ayollar kengashi bilan uzviy hamkorlik taʼminlanadi.
IV. Onalik va bolalikni muhofaza qilish, tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish, ular oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini taʼminlash.
Coʻnggi yillarda yurtimizda onalik va bolalikni muhofaza qilish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Onalik va bolalikni muhofaza qilish yoʻnalishida 230 ta tugʻruq muassasalari va 245 ta pediatriya muassasalari aholiga xizmat qilib kelmoqda.
Shu bilan birga, birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalarida “Ayollar maslahatxona”lari, tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarda “Prenatal skrining xona”lari, “Onko-nazorat xona”lari faoliyat yuritayapti.
Belorussiya, Turkiya, Germaniya hamda Litvalik ekspertlar ishtirokida maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan trenerlar tomonidan oʻqitilgan “Tibbiy brigada”lar tarkibidagi 8500 nafar patronaj doyalar faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Istalmagan homiladorlikni oldini olish maqsadida
4,5 mln nafar tugʻish yoshidagi ayollar kontraseptiv vositalar bilan qamrab olindi.
Farzand koʻrish yoshidagi ayollar uchun “Tibbiy koʻmak berilishi lozim boʻlgan xotin-qizlar bilan ishlash tartibi” ishlab chiqildi.
“Sogʻlom oila – kelajak poydevori”, “Erta va yaqin qarindoshlar nikohiga qarshi birga kurashamiz” risolalari, “Reproduktiv salomatlik tamoyillari” mavzusida tibbiy axborot materiallari ishlab chiqilib, barcha mahallalardagi xotin-qizlar faollariga yetkazildi.
Vazirlar Mahkamasi ishchi guruhi tomonidan onalik va bolalikni muhofaza qilish, reproduktiv salomatlikni mustahkamlashda farzand koʻrish boʻyicha mustaqil va ongli ravishda qaror qabul qilishda oilaning ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatini inobatga olishga qaratilgan “Masʼuliyatli ota-onalik” loyihasi ishlab chiqildi.
Unga koʻra taʼlim muassasalari, tashkilot, idoralar hamda tadbirkorlik subyektlari uchun oʻquv dasturlar joriy etiladi.
Aholiga qulaylik yaratish maqsadida “Masʼuliyatli ota-onalik” mobil ilovasi yaratiladi. Platformaga masʼuliyatli ota-onalik dasturidagi mavzular boʻyicha videodars, taqdimot, videorolik va podkastlar joylashtiriladi.
Loyiha doirasida hozirda “Ota-onaning reproduktiv salomatligi”, “Istalmagan homiladorlikdan saqlovchi zamonaviy vositalar”, “Bexatar onalik tamoyillari” mavzularida videodarslar hamda “Ota-onaning iqtisodiy bilimdonligi”, “Oilada sogʻlom turmush tarzini taʼminlash”, “Ota-onaning reproduktiv salomatligi” nomli oʻquv qoʻllanmalar tayyorlandi.
Yil davomida masʼuliyatli ota-onalik boʻyicha yosh oilalarning xabardorligi va ijtimoiy-tibbiy savodxonligini oshirish boʻyicha mahallalar, korxona va tashkilotlar hamda oliy taʼlim muassasalarida oʻquvlar tashkil qilinishi davom ettiriladi;
Bu yoʻnalishda 2025-yilda quyidagilarni amalga oshirish rejalashtirilgan:
ayollar salomatligini saqlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, reproduktiv xizmatlar sifatini oshirish, sogʻlom farzandlar dunyoga kelishi boʻyicha tibbiyot-mahalla-oila hamkorligi rivojlantiriladi;
tugʻish yoshidagi ayollarni kontraseptiv vositalar bilan qamrovini 55 foizga yetkazish boʻyicha choralar belgilanadi;
ayollar oʻrtasida onkologik kasalliklarni erta aniqlash maqsadida bachadon boʻyni saratoniga 30-50 yoshdagi 1,9 mln nafar va koʻkrak bezi saratoniga 45-65 yoshdagi 1,7 mln nafar ayollar onkologik skrining va boshqa tekshiruvlardan oʻtkazishga jalb etiladi;
tibbiyotning birlamchi boʻgʻinlarida 2 267 ta “Sogʻlom oila maslahatxonalari” (oilani ixtiyoriy rejalashtirish, sogʻlom ovqatlanish, sogʻlom turmush tarzi talablarini oʻqitish) tashkil etiladi;
fertil yoshidagi ayollarni profilaktik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha choralar belgilanadi;
3,4 mln nafar reproduktiv maslahat berish lozim boʻlgan ayollar bilan ishlarni tashkil etiladi;
Oʻquvchi qizlar uchun reproduktiv salomatlik qoidalariga rioya qilish boʻyicha taʼlim dasturlari joriy etiladi.
Barcha mahallalarda 4 million xotin-qizlar ommaviy sport musobaqalariga jalb qilinadi;
taʼlim muassasalari, mehnat jamoalarida sport zallaridan foydalanib, gimnastrada, sportning anʼanaviy turlari boʻyicha musobaqalar, sogʻlom yurish tadbirlari oʻtkazib boriladi.
V. Ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam koʻrsatish, ularni “Ayollar daftari” orqali manzilli qoʻllab-quvvatlash.
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, davlat tomonidan fuqarolarga ijtimoiy xizmat koʻrsatish koʻlami va turlarini kengaytirish boʻyicha izchil islohotlar olib borilmoqda.
Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha respublika komissiyasi faoliyati qoʻlga qoʻyildi.
2024-yil 5-bosqichda “Ayollar daftari”ga kiritilgan 995 239 nafar xotin-qizlarga yordam koʻrsatildi.
Ularning 548 857 nafari yangi ish oʻrinlari va jamoat ishlariga joylashtirildi. 35 968 nafariga tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishlari uchun imtiyozli kreditlar ajratildi.
404 523 nafar boquvchisi yoʻq, nogironligi va nogiron farzandlari bor ayollarga bir martalik moddiy yordam berildi.
5 891 nafar uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlarning 432 nafari uy-joy bilan taʼminlandi,
5 459 nafariga ijara kompensatsiyasi toʻlab berildi.
210 575 nafar xotin-qizlar va ularning 48 595 nafar voyaga yetmagan farzandlari tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi.
180 224 nafar xotin-qizlarga huquqiy yordamlar koʻrsatildi, jumladan tugʻilganlik haqida guvohnoma yoki fuqarolik pasporti olish uchun mablagʻ toʻlab berildi, aliment toʻlovlari undirib berildi.
3 065 nafar xotin-qizlar va voyaga yetmagan farzandlariga jarrohlik hamda davolanish muolajalari moliyalashtirilib, sogʻlom hayotga qaytarildi.
Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlaridan kam taʼminlangan oilalardagi 1 707 nafar xotin-qizlarga jarrohlik amaliyoti oʻtkazildi.
4 647 nafar nogironligi boʻlgan xotin-qizlar va voyaga yetmagan bolalar reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlandi.
Oliy oʻquv yurtida tahsil olayotgan 388 nafar xotin-qizlar va “Ayollar daftari”dagi xotin-qizlarning 150 nafar farzandlariga kontrakt toʻlovining bir qismi toʻlab berildi.
Shuningdek, “Yangi Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” shiori ostida yil davomida “Ayollar daftari”ga kiritilgan 30 268 nafar xotin-qizlarning yurtimizdagi soʻlim goʻshalar, dam olish maskanlari va tarixiy shaharlarga sayohatlari uyushtirildi.
Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari xotin-qizlarning muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlarini oʻrganish, tizimli tahlil qilish va muammolarni hal etishga qaratilgan tadqiqotlar orqali xotin-qizlar faollari hamkorligida mahallalarda xonadonlar oʻrganildi.
Oʻrganishlar natijasida, mavjud muammo va sabablar tahlil qilinib, “Xotin-qizlar oʻrtasida boqimandalikning oldini olish” nomli uslubiy qoʻllanma ishlab chiqildi.
Uzoq muddatga yashash joyidan chiqib ketgan xotin-qizlar va ularning oilalariga, xususan, voyaga yetmagan farzandlarini ijtimoiy-psixologik qoʻllab-quvvatlash maqsadida
32 301 nafariga turli xil yordamlar koʻrsatildi.
2024-yil 18-sentyabrda Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy mamlakatlarda murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan oʻzbekistonlik xotin-qizlarning muammoli masalalarini hal etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror bilan:
xorijiy mamlakatlarda murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan oʻzbekistonlik xotin-qizlarning muammoli masalalarini hal qilish boʻyicha 2024-2025-yillarga moʻljallangan “yoʻl xaritasi”ni amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar;
xorijiy mamlakatlarda turli sabablar tufayli ogʻir vaziyatga tushib qolayotgan oʻzbekistonlik xotin-qizlarga har tomonlama koʻmaklashish, xorijiy diplomatik tashkilotlar bilan hamkorlikda sayyor qabullarni tashkil etish jadvali tasdiqlandi.
Turkiya, Rossiya Federatsiyasi va Koreyaga tashriflar tashkil etilib, oʻzbekistonlik xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga yordam koʻrsatish boʻyicha “Yoʻl xaritalar” tasdiqlanib, tizimli choralar belgilandi.
Bu yoʻnalishda 2025-yilda quyidagilarni amalga oshirish rejalashtirildi:
birinchidan, 1 mln. nafardan ortiq ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar “Ayollar daftari” orqali manzilli qoʻllab-quvvatlanadi. Bunda Davlatimiz Rahbarining 2025 yil 30 yanvardagi PF–17-son Farmoni bilan “Ayollar daftari” jamgʻarmalaridan koʻrsatiladigan yordamlarning yagona roʻyxatiga muvofiq yordamlar koʻrsatilishi taʼminlanadi:
Xususan: Xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash komissiyasi bilan birgalikda 636 ming nafar ushbu daftarga kiritilgan xotin-qizlar daromadli mehnat bilan taʼminlanadi;
Maʼlumot uchun: 162 046 nafar xotin-qizlarga jarrohlik amaliyotisiz davolanish hamda jarrohlik amaliyoti harajatlarini qoplash tarzidagi ijtimoiy yordamni koʻrsatish;
4 061 nafar xotin-qizlarga turarjoy ijarasi uchun kompensatsiya
toʻlab berish tarzidagi ijtimoiy yordamni koʻrsatish;
4321 nafar xotin-qizlarning uy-joyini taʼmirlash uchun mablagʻ ajratish tarzidagi ijtimoiy yordamni koʻrsatish;
94 990 nafar xotin-qizlarga bir martalik moddiy yordam koʻrsatish tarzidagi ijtimoiy yordamni koʻrsatish nazarda tutilgan.
2025 yildan ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam koʻrsatish, ularni “Ayollar daftari” orqali manzilli qoʻllab-quvvatlash yuqoridagi 6 ta toifada yagona elektron xizmat koʻrsatish tizimiga oʻtiladi.
50 ming nafar “Ayollar daftari”dagi va extiyojmand xotin-qizlarning Toshkent viloyatidagi dam olish maskanlarida sogʻligini tiklash barobarida psixologik yordam va tadbirkorlik uchun motivatsion seminarlar tashkil etiladi;
ikkinchidan, uzoq muddatga yashash joyidan chiqib ketgan ayollar, ularning oila aʼzolari bilan ijtimoiy-psixologik ishlar olib boriladi;
uchinchidan, xorijiy mamlakatlarda turli sabablar tufayli ogʻir vaziyatga tushib qolayotgan oʻzbekistonlik ayollar uchun sayyor qabullar tashkil etiladi hamda ularga koʻmaklashiladi;
15 ming nafar muhtoj yolgʻiz ayollar va boquvchisini yoʻqotgan qizlarni oliy taʼlimdagi kontrakt-toʻlovlari qoplab berilishi tashkil etiladi.
VI. Jamiyatda xotin-qizlarga tazyiq va zoʻravonlikka nisbatan murosasizlik muhitini yaratish, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlash.
Yangi Oʻzbekistonda ayol va bola huquqlarini taʼminlash hamda ularni har tomonlama himoya qilish uchun xalqaro standartlarga asoslangan huquqiy va institutsional baza shakllantirildi.
Yangilanayotgan Oʻzbekistonimizda “Ayolni eʼzozlash — ezgulik va adolat mezoni” degan gʻoyani xayotga tadbiq etish maqsadida ayollarning qonuniy manfaatlari himoya qilish, ijtimoiy, huquqiy, psixologik, tibbiy yordam berish tizimi yoʻlga qoʻyildi.
Oʻtgan yilning oʻzida tazyiq va zoʻravonlikning oldini olish borasida 2 ta Qonun, 1 ta Prezident Qarori, 2 ta Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.
Mazkur hujjatlarga asosan, xotin-qizlar va bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinmoqda.
Tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan xotin-qizlarni himoya qilish maqsadida, zoʻravonlikdan jabrlangan va tazyiqqa uchragan 55 757 nafar xotin-qizlarga “himoya orderi” rasmiylashtirildi.
Eng muhimi, 22 527 ta oilalar yarashtirildi va 28 193 ta nizolarning asl sabablari bartaraf etildi.
Himoya orderi berilgan 9 275 nafar tazyiq va zoʻravonlik sodir etgan zoʻravon shaxslar tuzatish dasturiga yoʻnaltirildi.
Himoya orderlarini hisobga olish va monitoring yuritish maqsadida “Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarni hisobga olish yagona axborot tizimi” joriy etildi.
Ushbu tizim orqali respublika boʻyicha maʼlumotlarni mahalla, tuman – shahar va viloyatlar boʻyicha aniq statistikani qisqa muddatda olish imkoni yaratildi.
Qiyin vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga tezkorlik bilan zaruriy yordam koʻrsatish uchun tizimda qisqa “1259” va “1286” raqamli “Ishonch markazi” tashkil etilib, bu orqali 8 346 nafar ayolga psixologik va huquqiy yordam koʻrsatildi.
Xotin-qizlar va bolalarga nisbatan sodir etilgan jinoyat, zoʻravonliklarning zudlik bilan oldini olish uchun “Ye-himoya” mobil axborot tizimi ishlab chiqildi.
Ushbu tizim respublikada tajriba tariqasida sinovdan oʻtkazilmoqda. Mazkur tizimga 12 337 nafar tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar ulangan.
Fuqarolik va maʼmuriy sudlarda oila-turmush munosabatlari bilan bogʻliq masalalarida 254 447 nafar shaxslar nizolashayotganligi aniqlanib, ulardan
248 539 nafarining muammolarini bartaraf etish choralari koʻrildi.
Maʼlumot uchun: Oʻrganilgan oilalarning 136 259 tasida nizolar bartaraf etildi, shundan, 74 278 ta oilalar yarashtirildi, 43 980 ta oilalardagi aliment undirish bilan bogʻliq, 4 400 tasida uyga kiritish bilan bogʻliq va 13 601 tasida mol-mulk bilan bogʻliq nizolar bartaraf etildi, tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan 13 057 nafar xotin-qizlar aniqlanib, ularga himoya orderlari berilishi taʼminlandi.
Profilaktik hisobda turgan xotin-qizlarning
7 126 nafariga ishga joylashishida koʻmaklashildi,
7 485 nafariga moddiy va ijtimoiy yordam koʻrsatildi, 1 481 nafari davolashga muhtojligi aniqlanib, tibbiy dispanserlarga yuborildi, 1 725 nafariga tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishda koʻmaklashildi, 603 nafari taʼlim muassasalariga qaytarildi, 1 879 nafarining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari qayta tiklashga amaliy yordamlar koʻrsatildi.
Muhtaram Yurtboshimizning “Respublika mahallalarida jinoyatchilikning barvaqt profilaktikasi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025 yil 3 yanvardagi PQ-1-son qarorlari 2025-yilda amalga oshiradigan ishlarimiz uchun dasturil amal boʻldi.
Oila-turmush munosabatlari doirasida va xotin-qizlar oʻrtasida huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish boʻyicha hududlarda 25 ta idora va tashkilotlarning oʻzaro Hamkorlik dasturlari ishlab chiqildi.
Oilani rejalashtirish, oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy barqarorlikni taʼminlash maqsadida har bir tuman (shahar)da “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlari” faoliyatini “oila-mahalla-taʼlim muassasasi” tamoyili asosida tashkillashtirishning har oylik sifat indikatorlari belgilanishi yoʻlga qoʻyilib, faoliyati ustidan nazorat oʻrnatildi.
Oilada huquqiy madaniyatni oshirish maqsadida mahallalarda, taʼlim muassasalarida va barcha mehnat jamoalarida targʻibot kompaniyalarini kuchaytirish boʻyicha har bir hudud va tuman (shahar)larda profilaktik va axborot-maʼrifiy guruhlar shakllantirildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasining Xoʻjayli, Surxondaryo viloyatining Jarqoʻrgʻon tumanlarida oila-turmush munosabatlari doirasida va xotin-qizlar oʻrtasida jinoyatchilikni keskin kamaytirish boʻyicha tajribalar yaratildi.
Unga koʻra, sodir etilgan jinoyatlarning sabablari va omillarini oʻrganish orqali nizoli oilalar va huquqbuzarlik sodir etish ehtimoli boʻlgan xotin-qizlar bilan manzilli ishlash tizimi yoʻlga qoʻyildi.
Bu yoʻnalishda 2025-yilda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
oilalarda huquqiy madaniyatni shakllantirish, oiladagi zoʻravonlik holatlarining oldini olish, jabrlangan xotin-qizlarning ijtimoiy reabilitatsiyasi notinch oilalar bilan ishlash, ular oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha kompleks tadbirlar amalga oshiriladi;
“Xavfsiz migratsiya” tamoyili asosida 25 ming nafar xotin-qizlar xorijiy tillar va mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblarga oʻqitiladi;
xotin-qizlar jinoyatini keskin qisqartirish boʻyicha “Ijtimoiy profilaktika – huquqiy targʻibot – ijtimoiy moslashtirish” ish uslublari amaliyotga keng tatbiq etiladi;
agressorlar bilan korreksion dastur asosidagi ishlarning samaradorligi oshiriladi, jabrlangan xotin-qizlar bilan adaptatsiya ishlari tizimli amalga oshiriladi;
“Xavfsiz oila” moduli orqali nizoli oilalar vakillari bilan individual ishlash faoliyati takomillashtiriladi;
mahallalarda, maktablarda, mehnat jamoalarida (mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar) “Masʼuliyatli ota-onalik” mezonlarini singdirish boʻyicha taʼsirchan targʻibot ishlarini olib boriladi;
xotin-qizlar huquqlari himoyasini koʻzlab sud-huquq va davlat idoralariga taqdimnomalar, davo arizalari kiritish ishlari tashkil qilinadi;
sudlarda nizolashayotgan oilalar oʻrganiladi va muammolarini bartaraf etish choralari koʻriladi;
40 705 nafar ayollar profilaktik hisobdan chiqarish boʻyicha choralar koʻriladi.
“Ye-ijtimoiy profilaktika” tizimi orqali huquqbuzarlik sodir etgan yoki sodir etish ehtimoli boʻlgan xotin-qizlar bilan olib boriladigan ijtimoiy profilaktika tadbirlari samaradorligini oshirish boʻyicha barcha zarur choralar koʻrib boriladi.
Profilaktik hisobda turgan xotin-qizlar va notinch oilalarga “tarbiyachi-maʼnaviy homiy” sifatida biriktirilgan “Oqila ayollar” harakati aʼzolari va boshqa ijtimoiy faol ayollar bilan maʼnaviy-maʼrifiy hamda tarbiyaviy ishlar kuchaytiriladi.
VII. Xalqaro hamkorlik:
Oʻtgan yilda xorijiy davlatlarda ogʻir vaziyatga tushib qolgan 65 nafar xotin-qizlar (Turkiyadan 39 nafar, Rossiyadan
26 nafar) Vatanga qaytarildi. Joriy yilda esa Janubiy Koreya Respublikasidan 11 nafar fuqarolarga “Vatanga qaytarish” sertifikati rasmiylashtirilib olib kelindi.
Misol uchun, oʻtgan yilda Oʻzbekiston delegatsiyasi Turkiyaning Istanbul va Bursa shaharlarida boʻlib oʻtgan uchrashuvlar davomida 4 nafar ayolga qonuniy yashash huquqini beruvchi hujjatlar shakllantirildi, 100 nafardan ortiq ayollarga huquqiy yordam koʻrsatildi, 34 nafar ayol Silivri deport markazidan ozod etilib, Vatanga qaytarildi, 3 nafar ayol ozodlikka chiqarildi hamda 2 nafar ogʻir ahvoldagi bemor Oʻzbekistonga olib kelindi.
3 ta xorijiy davlatlar (Polsha, Xitoy, Belorussiya) bilan ishbilarmon ayollarning xalqaro biznes-forumlari oʻtkazildi.
Gender tenglik sohasidagi siyosatni takomillashtirish boʻyicha Markaziy Osiyo xotin-qizlar forumi, Oʻzbekiston-Polsha, Oʻzbekiston-Belarus ishbilarmon ayollari xalqaro biznes-forumlariga mezbonlik qildi. Forumlar yakunida xalqaro memorandumlar imzolandi.
Oʻz navbatida shuni alohida aytmoqchimanki, tadbirlar natijalariga koʻra koʻpgina davlatlar Oʻzbekistonda oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash borasida olib borilayotgan islohotlar va ularning ijro mexanizmlarini oʻrganish uchun maxsus delegatsiyalarni mamlakatimizga yubordi.
7 ta xorijiy davlatlar (Pokiston, Quvayt, Janubiy Koreya Respublikasi, Hindiston, Belorussiya, Xitoy, Qirgʻiziston) bilan ayollarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Memorandumlar imzolandi.
Bu yoʻnalishda 2025-yilda quyidagi ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan:
Jahon banki va Yaponiya ijtimoiy rivojlanish jamgʻarmasining grant mablagʻlari ishtirokidagi “Qishloq ayollari iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida 1,2 mln dollarlik xorijiy grant mablagʻlari hisobiga Fargʻona va Jizzax viloyatlarida xotin-qizlar tadbirkorlikka oʻqitiladi va ish bilan band qilishga koʻmaklashiladi;
Toshkent viloyatining Chinoz, Piskent, Quyi Chirchiq tumanlarida xitoylik investorlar bilan hamkorlikda ipak qurti parvarishi uchun kompleks majmualar tashkil etiladi;
BMT Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) hamkorligida qishloq hududida yashovchi 500 nafardan ortiq ayollarni asalarichilik, koʻchatchilik yoʻnalishlarida oʻqitish, asbob-uskunalar bilan taʼminlanadi.
BMTning Aholishunoslik jamgʻarmasi hamkorligida Fargʻona viloyati Bogʻdod tumanida “Oila va xotin-qizlar maskani” pilot loyiha sifatida amalga oshiriladi.
Koreyaning EXIM BANK hamkorligida Qoraqalpogʻistonda “Ayollarga tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish va amaliyotda sinash markazi” quriladi.
AQSH xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) bilan hamkorligida Oila va xotin-qizlar qoʻmitasida Gender tengligiga oid trening va onlayn darslar media markazi tashkil etiladi.
5 ta xorijiy mamlakatlarda (Qozogʻiston, Hindiston, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, Amerika Qoʻshma Shtatlari) ogʻir ahvolga tushib qolgan va ijtimoiy koʻmakka muhtoj ayollar bilan sayyor qabullar tashkil etiladi.
VIII. Ommaviy axborot vositalari bilan ishlash, media makonda oila, xotin-qizlarning ijobiy imijni yaratish.
Oila va xotin-qizlar manfaatlarini qoʻllab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borilmoqda.
Jumladan, sohaga doir 21 ta brifing, 2 ta matbuot anjumani, 2 ta press- tur oʻtkazildi va 57 645 ta ijodiy material eʼlon qilindi.
6 921 ta material bosma OAV (gazeta-jurnal)larda, 7 857 ta televideniye va radioda koʻrsatuv, eshittirish, 42 867 ta material ijtimoiy tarmoqlarda yoritildi.
“Oʻzbekiston” telekanali bilan hamkorlikda “Oila olam” koʻrsatuvi tashkil qilindi.
2025-yilda bu borada quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
“Ayollari eʼzozlangan Yangi Oʻzbekiston – imkoniyatlar, imtiyozlar zamoni” mavzusida mamlakatimizda faoliyat koʻrsatayotgan diplomatik korpus vakillari, xorijiy tashkilotlar rahbarlari ishtirokida xalqaro brifing oʻtkaziladi;
“Tarix taxtidagi ayollar”, “Ayol maʼrifati” koʻrsatuvlari hamda Yangi Oʻzbekiston hayotida munosib ishtirok etib kelayotgan ijtimoiy faol va tashabbuskor ayollar haqida hikoya qiluvchi “Ayol va zamon” podkasti tashkil qilinadi.
