“Nihol quroqlari” — mahallada ayollari bandligiga qo‘shilgan hissa
2025-07-19 13:40:00 / Yangiliklar
Bosh vazir o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayxo Maxkamova Guliston shahar “Nihol” mahallasida bo‘lib,
hunarmand Nilyufar Turdiyeva faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

N.Turdiyeva 2023 yilda “Ayollar daftari”ga kiritilib, 2 oylik kasb-hunar o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan. Ushbu kurslar davomida u tegirmash mashinkasidan foydalanish va quroqchilik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldi.
Maxsus subsidiya dasturi asosida tegirmash mashinkasini olib, “Nihol quroqlari” loyihasini yo‘lga qo‘ydi. Bu orqali u nafaqat o‘z ishini boshladi, balki mahalladagi 20 nafar xotin-qizni o‘qitib, ularga ham kasb o‘rgatdi.
Bugungi kunda “Nihol quroqlari” nafaqat hunarmandchilikni, balki mahallada xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirishda ham muhim o‘rin tutayapti.






