“Oqila ayollar” harakati – mustahkam oila va ma’rifatli jamiyat sari dadil qadam
2025-06-11 16:25:00 / Yangiliklar

Forumni Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, Bosh vazir o‘rinbosari Zulayho Maxkamova ochib berdi. Ushbu harakatning bugungi faoliyati, mahallalardagi natijalar, istiqboldagi vazifalar haqida so‘z yuritdi.
Tadbirda quyidagi masalalar keng muhokama qilindi:
• Oila barqarorligini ta’minlash;
• erta nikohlar va erta yoshdagi tug‘ruqlarning oldini olish;
• qizlar tarbiyasi;
• xotin-qizlar jinoyatchiligi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash;
• notinch oilalar bilan manzilli ishlash;
• milliy qadriyatlarni ommalashtirish.
Forumda Respublika va hududiy “Oqila ayollar” harakati vakillari, Ichki ishlar vazirligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, boshqa idoralar mas’ullari, shuningdek Jamoatchilik va 10 dan ortiq OAV vakillari ishtirok etdi. Tadbir oflayn va onlayn shaklda o‘tkazilib, 200 000 nafarga yaqin ishtirokchini qamrab oldi.
Eslatib o’tamiz “Oqila ayollar” harakati 2022-yil 8-avgustdagi 437-sonli Qarorga asosan tashkil etilgan. Bugungi kunda uning a’zolari soni 200 ming nafarga yaqinlashmoqda. Harakat nafaqat oila va mahallada, balki jamiyatning turli sohalarida ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda faol ishtirok etmoqda.
Harakat a’zolari o‘zlarining boy hayotiy va amaliy tajribalari asosida:
• minglab oilalarning barqarorligini ta’minlashga,
• milliy va umuminsoniy qadriyatlarni mustahkamlashga,
• sog‘lom ijtimoiy muhitni yaratishga,
• yoshlarni ma’naviy barkamol etib tarbiyalashga katta hissa qo‘shmoqda.
Forum yakunida ishtirokchilar tomonidan quyidagi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi:
• Harakat faoliyati davomida aniqlangan muammolarni hal etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
• “Oqila ayollar” harakati Murojaatnomasini har bir mahallaga yetkazish va targ‘ib qilish;
• Faoliyat samaradorligini baholash va har yarim yillikda tahlil qilish;
• Harakat tarkibini sifat jihatdan yangilab borish;
• Mahalliy kengashlarga va davlat idoralariga muammolar bo‘yicha takliflar kiritish;
• Oila va xotin-qizlar masalalariga oid qonunchilik va tashkiliy chora-tadbirlarni takomillashtirish.









