Bosh vaziri o‘rinbosari Zulayho Maxkamova Xorazm viloyatiga tashrifi doirasida Bog‘ot tumanida joylashgan KOBOTEX MCHJ hamda INFLOW MCHJ korxonalarining faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
2025-05-29 09:15:00 / Yangiliklar
✅ Tashrif davomida Bosh vazir o‘rinbosariga mazkur korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, ishlab chiqarish quvvatlari, ish o‘rinlari soni hamda eksport salohiyati haqida atroflicha ma’lumot berildi.

🔹 KOBOTEX MCHJ bugungi kunda 350 nafar xotin-qizlar uchun ish o'rni yaratilgan.
🔹 INFLOW MCHJda esa 400 nafar xotin-qizlar faoliyat olib bormoqda.
✅ Zulayho Maxkamova korxona xodimlari bilan suhbatlashib, tadbirkorlikni rivojlantirish, ayniqsa, xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlarni e’tirof etdi.
✅ “Mahalliy ishlab chiqaruvchilarimiz — iqtisodiy taraqqiyotimiz tayanchi. Ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash orqali nafaqat yangi ish o‘rinlari yaratiladi, balki mahalliy brendlarimiz ham xalqaro bozorga dadil chiqadi,” — dedi Bosh vazir o‘rinbosari.
#Xorazm #Tadbirkorxotinqizlar #Muloqot
💠 Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati


