“Ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish va ayollar ovozi
2025-04-10 18:05:00 / Yangiliklar

- Ayollar guruhini tashkil etish, ichki jamg‘armalar va biznes-reja tuzish bo‘yicha fikr-mulohazalar;
- Biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish, soliqqa tortish, ayollar duch keladigan muammolar va ularning yechimi;
- Loyihaning oila daromadiga taʼsiri, mahalliy bozorlar bilan aloqalari
M.Nurmatova tomonidan taʼkidlanganidek, Bugungi kunda yurtimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ular uchun qator imkoniyatlar, imtiyozlar va shart-sharoitlar yaratish borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.
Yurtimizdagi qishloq ayollarinining iqtisodiy imkoniyatlarini ham kengaytirish, ularni jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lishi, har bir sohaga jalb etilishi borasida tizimli va keng ko‘nglamli ishlar olib borilmoqda. Bu borada halqaro tashkilotlar bilan ham hamkorliklarni yo‘lga qo‘ymoqdamiz.
Jumladan, Jahon bankining Yaponiya Ijtimoiy taraqqiyot jamg‘armasi granti va O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida bajariladigan qishloq ayollarining biznes ko‘nikmalar va iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan “Qishloq ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish” xalqaro loyihasini amalga oshirish uchun tanlov o‘tkazildi. Bu nima degani? Bu qishloq ayollari uchun yangi imkoniyatlar eshigi ochilishi, ularning bandligini taʼminlash orqali turmush sharoitini yaxshilanishi, oila totuvligi uchun maʼlum bir qismidagi ulushidir.
Loyihaning asosiy maqsadi - ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni tadbirkorlikka o‘rgatish orqali turmush tarzini yaxshilashdan iboratdir.
Ushbu tanlovda 10 dan ziyod nodavlat notijorat tashkilotlari katta qiziqish bilan ishtirok etishdi. Jahon banki tomonidan qo‘yilgan talablar asosida o‘tkazilgan tanlovda Jizzax viloyati “Istiqlol avlodi” ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy qo‘llab-quvvatlash markazi nodavlat notijorat tashkiloti hamda Farg‘ona viloyati “Mehrjon” ayollar va bolalar markazi nodavlat notijorat tashkiloti g‘olib deb topildi.



