Ayrim toifadagi oilalarga bir martalik moddiy yordam ajratiladi
2025-04-07 11:20:00 / Yangiliklar

⏺Reyestrlarga kiritilgan oilalarga;
🟢 “mahalla yettiligi” xulosasi asosida Reyestrlarga kiritilmagan, biroq yordamga muhtoj oilalarga.
Bunda “mahalla yettiligi” tomonidan qoʻshimcha roʻyxat shakllantirilishida, birinchi navbatda, quyidagilar inobatga olinadi:
➡️ boquvchisini yoʻqotgan oilalar;
🗄aʼzolari I yoki II guruh nogironi boʻlgan shaxslardan iborat boʻlgan oilalar;
➡️nogironligi boʻlgan bolalarni parvarishlayotgan oilalar;
🗄uzoq muddatli davolanishni talab etadigan kasalliklar bilan kasallangan shaxslar yashovchi oilalar;
➡️oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi shaxslar hamda yolgʻiz yashovchi keksalar;
🗄nogironligi boʻlgan shaxslar;
➡️3 va undan ortiq oila yashaydigan xonadonlarda hamda gaz taʼminoti boʻlmagan va markazlashtirilgan tartibda isitilmaydigan koʻp qavatli uylarda yashovchi oilalar.
Qoʻshimcha ravishda shakllantiriladigan roʻyxatdagi oilalar soni Reyestrlarga kiritilgan oilalar sonining 40 foizidan oshmasligi lozim.
