Pillachilik — daromad manbai!
2025-04-05 20:10:00 / Yangiliklar
Mirzaobod tumanida yashovchi pillakor Sobirova Mamlakat opaning xonadonida Xitoy tajribasi asosida maxsus 3 yoshgacha ipak qurtini parvarishlash uchun mõljallangan inkubatoriya- qurtxona tashkil etilgan va ipak qurti parvarishlash uchun barcha jihozlar bilan ta'minlangan. Qurtxona 30 quti pilla boqishga mõljallangan.

Ayni vaqtda pilla qurtini boqish jarayoni boshlab yuborilgan. Tayyorlangan qutilar yasalib sõkchoklarga joylashtirilgan.
Bugun Bosh vazir o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar qo'mitasi raisi Zulayho Mahkamova ushbu xonadonga tashrif buyurib, ipak qurtini boqish jarayonlari bilan tanishdi.
Tuman huqududlarida huddi shunday 5 ta inkubatoriya tashkil etilgan bo'lib, joriy mavsumda 1283 quti ipak qurti parvarishlash va 83 tonna pilla hosilini olish rejalashtirilgan.
Bu yilgi mavsumda 1 kg pillaning narxi o'rtacha 40.000 so'mdan baholanishi aytilmoqda.





