Xalqaro hamkorlik
2025-04-03 18:00:00 / Yangiliklar

Qo‘mita raisi tomonidan uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga qaratilgan islohotlar bo‘yicha atroflicha maʼlumotlar berildi.
Ayniqsa, Jahon Banki tahlillariga ko‘ra, O‘zbekiston oxirgi yillarda gender tengligiga erishish islohotlari bilan katta muvaffaqiyatga erishgan dunyoning besh mamlakati qatoridan o‘rin olgani alohida taʼkidlab o‘tildi. Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligi, davlat va jamiyat boshqaruvidagi o‘rni tobora ortib borayotganligi, qonunchilikka deputatlikka nomzodlarning kamida 40 foizi ayollar bo‘lishi to‘g‘risidagi normaning kiritilishi natijasida Qonunchilik palatasi deputatlarining 38 foizi, Senat aʼzolarining qariyb 27 foizi, mahalliy kengashlar deputatlarining 32,6 foizi xotin-qizlarni tashkil etayotganligi va rahbar ayollar ulushini oshirishga qaratilgan islohotlar jadal davom etayotganligi alohida taʼkidlab o‘tildi. Ushbu maʼlumotlar mehmonlar tomonidan eʼtirof etildi.
Tomonlar o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan 10 ga yaqin takliflarni, jumladan, ishbilarmon ayol va qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish, shved tomoni bilan hamkorlik hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish; xotin-qizlar taʼlimi sohasida hamkorlik masalalarini kengaytirish, o‘zaro tajriba almashinuvlarni kengaytirish, qo‘shma taʼlim dasturlarini ishlab chiqish hamda ularda xotin-qizlarning faolligini taʼminlash kabi takliflarni keng muhokama qildilar.
Mehmonlar tomonidan aytib o‘tilganidek, Shvetsiya parlamenti 349 nafar deputatdan iborat bo‘lib, shundan 157 nafari (45%)ni ayollar tashkil qiladi.








