Quvasoy shahar “Qalacha” mahallasida ma’naviy-ma’rifiy bayram tantanalari
2025-03-30 17:00:00 / Yangiliklar

⏺️Ushbu bayram el-yurtni birlashtiruvchi, mehr-oqibat va birdamlikni tarannum etuvchi haqiqiy tantanaga aylandi.
🔵Bayram tadbirida Respublika ishchi guruhi, viloyat va shahar hokimligi, mahalla faollari, nuroniylar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar
🌷Navro‘z shukuhi davom etayotgan mazkur tadbirda milliy udumlarimizga ko‘ra chalpak, halim va sumalak tayyorlandi. Doshqozonda osh damlanib, bemor va ehtiyojmand oilalarga tortiq qilindi.
🔴Milliy o‘yinlarimizdan arqon tortish, varrak uchirish, sport o‘yinlaridan shaxmat va shashka bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi. Yoshlarning shijoati, oqsoqollarning duolari, ishtirokchilarning shodligi ushbu musobaqalarga yanada fayz bag‘ishladi.
📚Shuningdek, kitobxonlik tanlovi, milliy hunarmandlik hamda rasmlar ko‘rgazmasi tashkil etilib, tadbirga tashrif buyurgan ishtirokchilarga namoyish etildi. Har bir tasvirda yoshlarning orzu-umidlari, Vatanimizga bo‘lgan mehri mujassam edi.
🌴Keksa nuroniylar va yoshlar tomonidan “Do‘stlik bog‘i” shiori ostida ko‘chat ekish tadbirlari ham tashkil etildi.






