Tadbirkor ayollarga garovsiz kredit beriladi
2025-03-17 12:40:00 / Yangiliklar

Qarorga ko‘ra, 2025 yilda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi:
▪️2 million nafar xotin-qizlarning bandligini ta’minlash;
▪️250 ming nafar xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish;
▪️250 ming nafar xotin-qizlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish;
▪️50 ming nafar ehtiyojmand xotin-qizlarni sanatoriylarda sog‘lomlashtirish hamda ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha motivasion seminarlar tashkil etish.
📜 “HAMROH” tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida 2025-yil 1-maydan:
🔸xotin-qizlarga “yashil loyihalar” va IT sohasidagi loyihalarni amalga oshirishiga, shuningdek, kamida 5 nafar xotin-qizning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashgan 1 ming nafar “ustoz” tadbirkorlarga 50 million so‘mgacha grant ajratish yo‘lga qo‘yiladi;
🔸ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lgan xotin-qizlarga 100 mln so‘mgacha garovsiz kredit ajratiladi;
🔸ayol tadbirkorlar tomonidan kredit hisobidan sotib olinayotgan asbob-uskunalar yetkazib berilgunga qadar “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan kafillik taqdim etilishi yo‘lga qo‘yiladi.
