“Eng namunali xotin-qizlar faoli” respublika körik-tanlovi
2026-11-21 16:10:00 / Yangiliklar

Tanlovning asosiy maqsadi:
– xotin-qizlar muammolarini “xonadonbay” va “fuqarobay” örganiş va ularni hal etişga kömaklaşiş;
– “Ayollar daftari” tizimi samaradorligini yanada oşiriş;
– jamiyatda ayollar örni va mavqeini oşirişda mahallalardagi xotin-qizlar faollarining rolini oşiriş;
– xotin-qizlarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş, oilalarni mustahkamlaş hamda bu borada salmoqli natijalarga erişayotgan mahallalardagi xotin-qizlar faollari tajribasini ommalaştiriş;
– “Ayollar daftari” tizimi doirasida xotin-qizlarning muammolarini hal etişda özining fidokorona mehnati bilan barçaga namuna körsatgan mahallalardagi xotin-qizlar faollarini munosib rağbatlantiriş.
Tanlovni ötkaziş muddatlari:
– hujjatlarni qabul qiliş va körib çiqiş: 20–27-noyabr;
– tuman (şahar) bosqiçi: 3-dekabr;
– hududiy bosqiç: 1–10-dekabr;
– hududiy ğoliblar hujjatlarini respublika Taşkiliy qömitasiga taqdim etiş: 16-dekabr;
– respublika bosqiçi: 18-dekabr;
– ğolib va sovrindorlarni taqdirlaş: “Yil ayoli” milliy tanlovi tantanali marosimi doirasida.
Taqdim etiladigan hujjatlar:
Tanlovda iştirok etişni istagan talabgorlar 20–27-noyabr kunlari tuman (şahar) Taşkiliy qömitasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etişi lozim:
– tuman (şahar) Taşkiliy qömitasi nomiga iştirokçi tomonidan imzolangan ariza;
– ma’lumotnoma (obyektivka) va şaxsini tasdiqlovçi hujjat nusxasi;
– 1 dona 10x15 va 2 dona 3,5x4,5 ölçamdagi fotosurat (şuningdek, elektron şaklda);
– faoliyat böyiça tahliliy va statistik ma’lumotnoma, fotoalbom va videorolik;
– tuman (şahar) hokimi imzolagan tavsifnoma;
– baholaş mezonidagi köratkiçlarni tasdiqlovçi hujjatlar.
