“Oila boği” — yaşil kelajak sari ezgu taşabbus
2026-11-21 13:00:00 / Ekofaol xodim
Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida Oila va xotin-qizlar bölimi taşabbusi bilan “Oila boği” taşkil etilmoqda.

Mazkur taşabbus hududlarni obodonlaştiriş, yaşil maydonlarni kengaytiriş va ekologik muhitni yaxşilaş bilan birga, oilalarda tabiatga mehr, atrof-muhitga daxldorlik va mas’uliyat tuyğusini mustahkamlaşga qaratilgan.
“Oila boği”ni barpo etiş orqali xotin-qizlarning ekologik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, farzandlarda tabiatni asraş madaniyatini şakllantiriş hamda oilaviy qadriyatlar bilan ekologik tarbiyani uyğunlaştiriş közda tutilmoqda.
Bugun oilada şakllangan ekologik mas’uliyat ertaga butun jamiyatning tabiatga munosabatini belgilaydi.
