Yosh volontyorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-11-16 15:55:00 / Yangiliklar

Yoshlar ishlari agentligi direktorining maslahatchisi Shirin Abidova hamda Volontyorlik faoliyatiga ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i Guldasta Eshqobilova 250 nafar yangi volontyor bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilar Agentlik faoliyati, amalga oshirilayotgan loyihalar hamda volontyorlik yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, yoshlar o‘z tashabbuslari, loyihalari va takliflarini ilgari surish imkoniga ega bo‘ldi.
Ochiq muloqot doirasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida volontyorlik, salomatlik, «Volontyorlar maktabi» hamda «Inson» volontyorligi yo‘nalishlari bo‘yicha fikr va tajribalar almashildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga Prezidentimizning PF–240-son Farmoni, mazkur hujjatda belgilangan yangi vazifalar hamda volontyorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Bunday ochiq muloqotlar yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, volontyorlik harakatini yanada rivojlantirish hamda faol va tashabbuskor yoshlarni yagona maqsad yo‘lida birlashtirishga xizmat qiladi.
