Yangilangan tartibdagi “Ayollar daftari”
2026-11-05 17:00:00 / Matbuot anjumanlari va brifinglar

2026-yil 5-noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uçun kontent tayyorlaş markazida Oila va xotin-qizlar qömitasining “Ayollar daftari” tizimidagi yangiliklarga bağişlangan matbuot anjumani ötkazildi. Unda ehtiyojmand xotin-qizlarga körsatiladigan yordamlarning yangi turlari, ulardan foydalaniş şartlari va moliyalaştiriş tartibi haqida maʼlumot berildi.
“Ayollar daftari” tizimi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi 145-son qarori asosida yölga qöyilgan. 2026 yil 12 maydagi 239-son qaror bilan uni yuritiş tartibi takomillaştirildi: xotin-qizlar toifalari 6 tadan 5 taga, ularga körsatiladigan xizmatlar yönalişlari esa 23 tadan 46 taga oşirildi. Yangi tartibda 30 yoşdan oşgan xotin-qizlar işsizlik, tadbirkorlik, uy-joy, tibbiy-psixologik va huquqiy yordamga ehtiyojidan kelib çiqib, beş toifadan biriga kiritiladi.
Prezidentning 2026-yil 11-sentabrdagi PF-193-son Farmoni doirasida “Ayollar daftari” jamğarmasi mablağlaridan foydalaniş va yordamlarni taqdim etiş mexanizmlari yangilandi. Jamğarma hisobidan körsatiladigan yordam va xizmatlar 11 tadan 18 taga yetkazildi: 6 tasining amaldagi tartibi saqlandi, 5 tasi takomillaştirildi, 7 ta yangi yönaliş qöşildi.
Takomillaştirilgan yordamlar orasida tibbiy xizmatlar muhim örin tutadi. Jarrohlik amaliyotisiz davolanişga 22 mln sömgaça, ilgari nazarda tutilmagan diagnostika tekşiruvlariga 4,4 mln sömgaça mablağ ajratiladi. Operatsiya xarajatlari davlat yoki xususiy tibbiyot muassasasi bilan tuzilgan şartnoma asosida qoplanadi. Uy-joyni taʼmirlaş uçun 22 mln sömgaça yordam miqdori saqlanib, moliyalaştiriş tartibi özgartirildi. Ijara tölovining 50 foizini qoplaş doirasida kompensatsiya tuman va şaharlarda 2,2 mln sömgaça, Toşkent, Nukus şaharlari hamda viloyat markazlarida 2,64 mln sömgaça oşirildi.
Şuningdek, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning tegişli talablarga javob beruvçi xotin-qizlari yoki ikki va undan ortiq farzandining bir nafari uçun oliy taʼlim tölov-kontraktining 50 foizigaça, biroq 22 mln sömdan oşmagan qismi qoplanadi. Endilikda uşbu yordam kunduzgi bilan birga keçki va masofaviy taʼlimga ham tatbiq etiladi, uşbu yordam yilda bir marta ajratilişi mumkin. Agar oila ehtiyojmand bölsa har yili tölab berilişi mumkin.
Xotin-qizlarga turar joy ijarasi uçun kompensatsiya tölab beriş tarzidagi ijtimoiy yordamni körsatiş tartibi ham soddalaştirildi.
Bunda, ehtiyojmand 30 yoşdan oşgan xotin-qizlarning ijara tölovining 50 foizi, biroq BHMning 5 baravarigaça - 2 mln 200 ming sömgaça, Toşkent va Nukus şahri hamda viloyatlar markazlarida BHMning 6 baravarigaça - 2 mln 640 ming sömgaça tölab beriladi.
Ijara kompensatsiya pullari oldinga nisbatan BHMning 3 baravarigaça - 1 mln 320 ming sömgaça oşirildi.
Şuningdek, “Eng yaxşi ijtimoiy loyihalar” tanlovidagi 26,4 mln sömgaça grantni oluvçilar qatoriga yakka tartibdagi tadbirkorlar ham kiritildi.
Yettita yangi yordam yönalişi asosan ayollarning daromad topişiga xizmat qiladi. Jumladan, tomorqada issiqxona qurişga 17,6 mln sömgaça; uruğlik, köçat va öğitga 1,32 mln sömgaça, yerni haydaş va tekislaşga 4,4 mln sömgaça; tikuvçilik, qandolatçilik, hunarmandçilik va maişiy xizmat uçun asbob-uskunalarga 6,6 mln sömgaça yordam belgilandi.
Şu bilan birgalikda, xonadon va tomorqani suv bilan taʼminlaşga 17,6 mln sömgaça, alohida agrotexnik va mexanizatsiya xizmatlariga 8,8 mln sömgaça, çorvaçilik, parrandaçilik, quyonçilik va asalariçilik faoliyatini boşlaşga 11 mln sömgaça, kasanaçilik va hunarmandçilik uçun zarur asbob-uskunalarga 22 mln sömgaça kömak körsatiladi. Uşbu yönalişlar, asosan, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan, kambağallikka tuşiş xavfi bor va boşqa ehtiyojmand oilalardagi 30 yoşdan oşgan xotin-qizlarga möljallangan.
Mablağlarning maqsadli sarflanişi uçun yangi yönalişlardagi tegişli tölovlar tovar va xizmat yetkazib beruvçilarga şartnoma asosida töğridan-töğri ötkaziladi. Yordam ajratişda tuman (şahar) ştablarining vakolatlari kengaytirilib, oilalarning haqiqiy ehtiyojidan kelib çiqib qaror qabul qiliş imkoniyati yaratildi.
Maʼlumot örnida, “Ayollar daftari”ning 2021–2025 yillardagi dastlabki olti bosqiçida 4 mln 538 ming nafardan ziyod xotin-qizga amaliy yordam körsatilib, uşbu maqsadlarga qariyb 7 trln söm yönaltirilgan. Matbuot anjumanida yangi tartiblar ijtimoiy yordamning manzilliligini oşiriş va xotin-qizlani barqaror daromad manbaiga ega bölişga kömaklaşişga qaratilgani qayd etildi.









