Intellektual bellaşuvlarda xotin-qizlarning iştiroki kengaymoqda: “Zakovat-Gambit” turniri sarhisobi
2026-10-31 15:10:00 / Yangiliklar

Keça beşinçi bor ötkazilgan “Zakovat-Gambit” şaxmat turniri ğoliblari taqdirlandi. Bu yilgi musobaqa 6 mingga yaqin iştirokçini birlaştirdi va bu ötgan yilgi körsatkiçdan ikki barobar köpdir. E’tiborli jihati, iştirokçilarning 633 nafarini ayol va qizlarimiz taşkil etdi. Bu raqamlar zamirida xotin-qizlarimizning intellektual bellaşuvlarga bölgan qiziqişi ortib borayotgani, ilmga intilişi hamda öz kuçi va imkoniyatlariga bölgan işonçi mujassam.
Özbekiston xalqaro şaxmat maydonida havas qilgulik natijalarga erişib kelmoqda. Biroq, bundan-da muhim yana bir omil bor: yurtimizda har bir insonning, xususan, xotin-qizlarning aqliy salohiyatini töliq namoyon etişiga xizmat qiluvçi muhit şakllanmoqda.
“Zakovat” loyihasi iqtidorli yoşlarni kaşf etibgina qolmay, balki tafakkur madaniyatini, mustaqil fikrlaş va oqilona qarorlar qabul qiliş könikmasini şakllantirişga ham xizmat qilmoqda. Zero, yurtimiz kelajagi yoş avlodning nafaqat qançalik bilimli ekaniga, balki şu bilimlarni qay darajada qöllay olişi va fikr doirasiga ham çambarças boğliqdir.






