🇺🇿🇹🇷Turkiy davlatlar örtasida oila va xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş borasidagi hamkorlikning yangi bosqiçi
2026-10-31 12:00:00 / Yangiliklar

“Hamjihatlikdan institutsional hamkorlik sari: Turkiy dunyoda oila va xotin-qizlar” mavzusiga bağişlangan yiğilişda Ziroat Mirziyoyeva qizlarning zamonaviy taʼlim oliş imkoniyatlarini kengaytiriş, xotin-qizlar tadbirkorligini va inklyuziv taʼlimni rivojlantiriş, onalik va bolalikni muhofaza qiliş hamda bolalar uçun xavfsiz internet muhitini yaratiş böyiça qator muhim taşabbuslarni ilgari surdi.
Mazkur ğoya va takliflar boşqa davlatlarning birinçi xonimlari tomonidan qöllab-quvvatlandi. Taʼsis yiğilişidan söng sohaga masʼul vazirlar uçraşuvi taşkil etilib, unda Birinçi xonimlar ilgari surgan taşabbuslarni amaliyotga tatbiq etiş mexanizmlari atrofliça muhokama qilindi. Şuningdek, turkiy davlatlar örtasida oila institutini mustahkamlaş va xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş böyiça hamkorlikni kengaytiriş masalalari kelişib olindi.
Faxriy kengaş yiğilişining kelgusi yili aynan yurtimizda ötkazilişi mamlakatimizning turkiy davlatlar örtasida oila va xotin-qizlar masalalaridagi örni hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlaşdagi strategik ahamiyatini yaqqol ifoda etadi. Şu munosabat bilan, mazkur nufuzli tadbirga yuqori saviyada tayyorgarlik köriş yuzasidan muhim vazifalar belgilab olindi.
Mazkur kengaş nafaqat muloqot va tajriba almaşiş maydoni, balki umumiy maqsadlarimizni aniq taşabbuslar va amaliy natijalarga aylantiradigan ta’sirçan hamkorlik mexanizmiga aylanadi.
Zero, mustahkam oila, bilimli va salohiyatli ayol — kuçli jamiyat va butun turkiy dunyoning farovon kelajagi poydevoridir.









