DIQQAT TANLOV!
2024-10-08 14:15:00 / Yangiliklar
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Madaniyat vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda Aholi o‘rtasida oilaviy zo‘ravonliklarning oldini olish va ularning salbiy oqibatlari to‘g‘risida “Biz oilaviy zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida ijtimoiy roliklar tanlovini e’lon qiladi.
Tanlovning maqsadi- xotin-qizlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni oilaviy zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish, mazkur jarayonlarga jamoatchilikni keng jalb etish.
Tanlovda ishtirok etish uchun tanlov nizomi (tanlov nizomi bilan bu yerda tanishish mumkin) ilovasida keltirilgan namunadagi arizani to‘ldirib, ijodiy ish bilan birgalikda jo‘natish lozim.
Tanlovga topshirilgan ijtimoiy roliklar quyidagi mezonlarga muvofiq ko‘rib chiqiladi:
ijtimoiy rolikning e’lon qilingan mavzu va texnik talablarga muvofiqligi;
ko‘chirilmaganligi (plagiat);
g‘oyasining originalligi va ishning sifati.
Tanlovga topshirilgan ijtimoiy roliklar odob-ahloq qoidalari va qonunchilik me’yorlariga zid bo‘lgan, inson qadr-qimmatini tahqirlovchi, zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi har qanday jumlalar, so‘zlar, tasvirlardan holi bo‘lishi lozim.
Tanlovga topshiriladigan ijtimoiy roliklar quyidagi formatda bo‘lishi lozim:
avi, mpeg 4, o‘lchami–1920×1080 piksel, davomiyligi-180 soniyadan oshmasligi, ovozi (audio) – 16 bit, stereo.
Ijtimoiy rolikni ijodiy guruh va Hakamlar hay’ati yuklab olishi uchun albatta fayl almashuv saytiga yuklangan bo‘lishi lozim.
Tanlov uchun elektron pochta orqali jo‘natilayotgan arizada ijtimoiy rolik joylangan manzil (havola) aniq ko‘rsatilishi lozim.
Tanlovda 1 ta birinchi o‘rin, 1 ta ikkinchi o‘rin 1 ta uchinchi o‘rinlar mavjud bo‘lib, g‘oliblar quyidagicha pul mablag‘lari bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin 20 mln. so‘m.
2-o‘rin 15 mln. so‘m.
3-o‘rin 10 mln.so‘m.
Shuningdek, tanlov natijalariga ko'ra rag'batlantirilishga loyiq deb topilgan rolik mualliflariga esdalik sovg'alari nazarda tutilgan.
Tanlovga arizalar 2024-yilning 10-oktabridan 2024-yilning 5-noyabriga qadar Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining @wcuuzadmin telegram manziliga yuborilishi so'raladi.