Korrupsiyaga qarshimiz: Tanish-bilish emas, qonun hal qiladi!
2026-10-20 14:20:00 / Yangiliklar
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tizimi orqali fuqarolarga ko‘rsatiladigan barcha ijtimoiy xizmatlar, yordam tullari va imtiyozlar faqat belgilangan qonunchilik asosida amalga oshiriladi.

Aholi orasida ijtimoiy yordam ajratish jarayonlarini suiste’mol qilib, noqonuniy daromad topishni ko‘zlagan shaxslarning quyidagi mazmundagi yolg‘on va’dalariga aldanmang:
“Bola puli chiqarib beraman!”
“Ijtimoiy reyestrga qo‘yib beraman!”
“Kam foizli kredit olib beraman!”
Davlat tomonidan belgilangan ijtimoiy ko‘mak yordamlari uchun hech qanday vositachilik talab qilinmaydi. Bu kabi yolg‘on va’dalarga ishonmang, ta’magirlikka yo‘l qo‘ymang.
Agar siz tizimda ta’magirlik holatlariga duch kelsangiz, darhol Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi komplayens nazorati ishonch telefoniga murojaat qilishingiz so‘raladi:
📞 +998 71 202-10-65
