Brifing. E’lon
2026-10-06 09:30:00 / Matbuot anjumanlari va brifinglar
2026-yilning 9 oyi yuzasidan

Bugun, 6-oktabr kuni soat 14:00 da Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi binosida 2026-yilning 9 oyi davomida Qo‘mitaga kelib tushgan murojaatlar tahlili yuzasidan brifing o‘tkaziladi.
Brifingda Qo‘mitaga yo‘llangan qariyb 40 mingta murojaat ortidagi asosiy masalalar, hududlar va mahallalar kesimidagi holat hamda quyi bo‘g‘inlardagi tizimli muammolar yuzasidan jamoatchilikka batafsil ma’lumot beriladi.
