Rasmiy ishlamaydigan ayollar ham dekret puli olishi mumkinmi?
2026-09-19 09:55:00 / Yangiliklar

Agar ayol rasmiy ish joyiga ega bo‘lmasa ham, ayrim hollarda unga homiladorlik va tug‘ish (dekret) nafaqasi to‘lanadi.
Buning uchun quyidagi shartlardan biri bajarilgan bo‘lishi kerak:
⠀
✔️ ayol o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi va ixtiyoriy ijtimoiy sug‘urta badallarini to‘lab kelayotgan bo‘lishi;
⠀
✔️ ayol ishlamasa, uning uchun turmush o‘rtog‘i ixtiyoriy ijtimoiy sug‘urta badallarini to‘lab kelayotgan bo‘lishi kerak.
⠀
Muhim shart: Dekret puli olish uchun ixtiyoriy sug‘urta badallari kamida 10 oy davomida to‘langan bo‘lishi, shundan oxirgi 6 oy uzluksiz bo‘lishi lozim.
⠀
💵 Nafaqa miqdori qanday belgilanadi? Ixtiyoriy sug‘urta badallari qancha uzoq muddat va muntazam to‘langan bo‘lsa, tayinlanadigan nafaqa miqdori ham shunga mos ravishda yuqori bo‘ladi.
⠀
✅Bunda homiladorlik va tug‘ish nafaqasi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5 baravaridan oshmaydi. Bugungi kunda ushbu miqdor 6 mln 355 ming so‘mni tashkil etadi.
⠀
Ixtiyoriy ijtimoiy sug‘urta badalining eng kam oylik miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5 foizi miqdorida belgilangan bo‘lib, hozirda 63 550 so‘mga teng.
⠀
Badallarni Baraka mobil ilovasi orqali to‘lang va nafaqangiz Baraka kartangizga avtomatik o’tkazib beriladi.
⠀
📱 Ilovani yuklab olish
