Mehnat migratsiyasidagi hamda ishsiz xotin-qizlar bilan muloqot
2026-10-09 / Voqealar taqvimi

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan joriy yil yakuniga qadar xotin-qizlarni qiynayotgan masalalarni vaqtida hal etish maqsadida 9 ta yo‘nalish bo‘yicha ochiq muloqotlar o‘tkazilishi belgilandi.
Navbatdagi ochiq muloqot 9-oktabr kuni 15:00 da Mehnat migratsiyasidagi hamda ishsiz xotin-qizlar masalasi yuzasidan tashkil etiladi. Unda Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Migratsiya agentligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, “Vatandoshlar” jamoat fondi, Markaziy bank va tijorat banklari mas’ullari ishtirok etib, bevosita murojaatlarni tinglashadi.
Uchrashuvda ishtirok etish uchun @oilavaxotinqizlarbot orqali “Ochiq muloqotda ishtirok etish” bo‘limidan ro‘yxatdan o‘ting!
