Tayinlov
2026-08-27 10:30:00 / Yangiliklar

U mazkur tayinlovga qadar Yoshlar ishlari agentligi Markaziy apparatida Ta’lim, ilm-fan, bolalar va xotin-qizlar siyosatini muvofiqlashtirish boshqarmasi bosh mutaxassis lavozimida faoliyat yuritgan.
S. Palvonova o‘z mehnat faoliyati davomida xotin-qizlar bilan ishlash, ularning jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish hamda mahallalarda ayollar masalalari bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish borasida boy amaliy tajriba egallagan. Uning ushbu tajribasi Qo‘mita tizimida ma’lum muddat vakant turgan mazkur bo‘lim faoliyatini jadal va samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
👏Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi jamoasi nomidan Sevara Palvonovani ushbu yangi va mas’uliyatli lavozim bilan samimiy muborakbod etamiz!
