“Suv sohasining fidoyi ayollari”: Mustaqilligimizning 35 yilligiga munosib e’tirof!
2026-08-26 15:30:00 / Yangiliklar

Suv xo‘jaligi — mamlakatimiz iqtisodiyoti va obodligining eng muhim tarmoqlaridan biri. Bugungi kunda ushbu mashaqqatli va sharafli tizimni rivojlantirishda xotin-qizlarimizning ham o‘rni beqiyos.
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan suv sohasida samarali mehnat qilib kelayotgan, tarmoq rivojiga o‘zining munosib hissasini qo‘shayotgan 35 nafar rahbar ayol munosib e’tirof etildi.
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi jamoasi murakkab, ammo juda muhim sohada faoliyat yuritayotgan tashabbuskor va jonkuyar opa-singillarimizni ushbu yutuqlari bilan samimiy muborakbod etadi.
👏Yuksak e’tirof qutlug‘ bo‘lsin, aziz opa-singillar!
