“Ipak kashta jilosi” respublika koʻrik-tanlovi oʻtkaziladi
2026-08-10 17:45:00 / Yangiliklar

Tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yilida ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha islohotlar dasturlari va “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF–22-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etilmoqda.
Festival va koʻrik tanlov quyidagi tashkilotlar hamkorligida oʻtkaziladi:
Oʻzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi;
Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi;
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi;
“Amaliy sanʼat” birlashmasi;
Qashqadaryo viloyati hokimligi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari.
Tanlovning maqsadi:
milliy kashtachilik va ipakchilik sanʼatini asrash, rivojlantirish va keng targʻib etish;
milliy hunarmandchilik anʼanalarini qoʻllab-quvvatlash hamda ularni yosh avlodga yetkazish;
xotin-qizlarning bandligini taʼminlash, tadbirkorlik koʻnikmalarini rivojlantirish va daromad manbalarini kengaytirish;
kashtachilik, ipak mato va mahsulotlari tayyorlash sohasida faoliyat yuritayotgan hunarmand va tadbirkorlarning ijodiy ishlarini keng jamoatchilikka namoyish etish;
milliy kashtachilik va ipak mahsulotlarini xalqaro bozorlarda targʻib qilish va eksport salohiyatini oshirish.
Tanlov quyidagi nominatsiyalar boʻyicha oʻtkaziladi:
- “Eng yaxshi kashtadoʻz”
- “Eng mohir yosh kashtadoʻz”
- “Ipak-kashta mahsulotini eng koʻp eksport qilgan tadbirkor”
- “Turizm uchun eng jozibador ipak-kashta mahsuloti”
- “Eng mashhur milliy brend yaratgan kashtadoʻz”
- “Xotin-qizlar bandligini taʼminlagan eng faol kashtadoʻz”
Tanlovda quyidagi talablardan kamida biriga javob beradigan kashtachi, dizayner va hunarmandlar ishtirok etishi mumkin:
- kamida 20 nafar shogirdini doimiy yoki kasanachilik asosida ish bilan taʼminlagan usta-hunarmandlar;
- milliy brendi respublika va xalqaro miqyosda tan olingan dizayner va kashtachilar;
- kashtachilik va ipak mahsulotlarini ichki hamda tashqi bozorlarga chiqarish yoʻlga qoʻyilgan tadbirkorlar.
Joriy yil 11-avgustgacha Hunarmand” uyushmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boshqarmalarida Respublika bosqichida qatnashadigan ishtirokchilar roʻyxati shakllantirilmoqda.
Tanlovning Respublika bosqichi 2026-yil 13–15-avgust kunlari Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida boʻlib oʻtadi.
Respublika bosqichi doirasida:
- kashtachilik va ipak matolari sanʼatiga bagʻishlangan koʻrgazma;
- “Anʼanaviy kashtachilik va ipak matolari sanʼatini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida forum;
- tanlov gʻoliblarini taqdirlash marosimi;
- madaniy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etiladi.
Gʻoliblarni taqdirlash:
Har bir nominatsiya boʻyicha:
1-oʻrin — 5 000 000 soʻm
2-oʻrin — 3 000 000 soʻm
3-oʻrin — 2 000 000 soʻm miqdorida pul mukofotlari hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.
Barcha hunarmand, kashtachi, dizayner xotin-qizlarni “Ipak kashta jilosi” respublika koʻrik-tanlovida faol ishtirok etishga taklif etamiz!
Maʼlumot uchun:
Ishtirok etish istagida boʻlganlar hududlardagi “Hunarmand” uyushmasi boshqarmalariga murojaat qilishlari mumkin.
Murojat uchun telefon: 71 202 10 75
Tashkiliy qoʻmita
