Qashqadaryoda "Eng yaxshi kitobxon uy bekasi" ko‘rik-tanlovi o’tkazilmoqda
2026-07-17 10:30:00 / Yangiliklar
Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Qashqadaryo viloyati bo‘limi hamkorligida "Eng yaxshi kitobxon uy bekasi" ko‘rik-tanlovining Qarshi shahar bosqichi o‘tkazildi.

Kitob – inson ma’naviyatini yuksaltiruvchi, tafakkurini boyituvchi va hayotga bo‘lgan qarashlarini kengaytiruvchi bebaho boylikdir. Mazkur tanlov oilalarda kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish, uy bekalarining ma’naviy salohiyatini oshirish hamda ularning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
Tanlov ishtirokchilari mutolaa davomida orttirgan bilim va tajribalari, adabiyotga bo‘lgan qiziqishlari, badiiy asarlar yuzasidan fikr-mulohazalari hamda kitobxonlik madaniyatini namoyon etadi.







