“Besh tashabbus paralimpiadasi” respublika bosqichi g‘oliblari taqdirlandi
2026-07-16 09:45:00 / Yangiliklar
Toshkent shahridagi Olimpiya shaharchasida jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Besh tashabbus paralimpiadasi” respublika final bosqichi g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Taqdirlash marosimida Bosh vazir o'rinbosari - Oila va xotin-qizlar qo'mitasi raisi Dilnoza Kattaxonova ham ishtirok etib, g'oliblarni samimiy qutladi.

Joriy yilda musobaqalarda respublika bo‘yicha 105 mingdan ortiq parasportchi ishtirok etdi. Bu davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yurtimizda inklyuziv muhit yaratishga, qolaversa, har bir insonga qaratilayotgan yuksak e’tibor natijasidir.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, umumjamoa hisobida Toshkent viloyati birinchi, Samarqand viloyati ikkinchi, Xorazm viloyati uchinchi o‘rinni egalladi.
Mazkur musobaqa nogironligi bo‘lgan yoshlarning sport salohiyatini ro‘yobga chiqarish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda jamiyatda teng imkoniyatlar muhitini mustahkamlash yo‘lidagi muhim tashabbuslardan biri bo‘lib xizmat qilmoqda.






