Bugun Olmazor tumanida “Liboslarda qadriyatlar aksi” mavzuida ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
2024-08-14 15:45:00 / Yangiliklar

✅ Kiyinish odobi, madaniyatini
yuksaltirish, milliy liboslarda
zamonaviylik va an’anaviylik
uyg‘unligini ta’minlash maqsadida liboslar namoyishlari - podiumlar o‘tkazildi.
✅ Tadbirda xotin-qizlar hamda uy bekalari o‘rtasida kiyinish odobi, madaniyati, milliy liboslarning tarixi va bugungi kundagi uyg‘unlashuvi, bu boradagi mavjud muammo va kamchiliklar bo‘yicha muloqot qilish,
mutaxassislar tomonidan ayollarning estetik did yuzasidan milliylik bilan uyg‘unlashgan namunalarini, shuningdek, turli sohalarda ishlaydigan ayol xodimlar, uy bekalarining jamoat joylari va uy ichida kiyiladigan liboslari bo‘yicha umume’tirof etilgan normalar bo‘yicha namunalar (eskizlar) taqdim etildi.
✅ Qo‘mita raisi Ozoda Parpiboyeva tomonidan ta’kidlanganidek,
“Barchamiz yaxshi bilamizki, insonning ma’naviy dunyosi va haqiqiy qadr-qimmati uning modaga mos va qimmatbaho kiyinishida emas, avvalo, orasta, toza, tartibli, o‘ziga yarashadigan liboslarni kiyishida namoyon bo‘ladi.
✅ Kiyinish madaniyati – insonning tashqi qiyofasi, shuningdek, ma’naviy dunyosi, estetik didi, axloqiy sifatlari va aqliy salohiyatini ifoda etadi.
✅ Kiyim - insonning madaniy darajasining asosiy belgilaridan biri.
O‘zbekistonimizda libos dizayni, kiyinish madaniyati targ‘iboti kabi yo‘nalishlarda katta iste’dod sohibalarini ko‘proq kashf etilishi kerak.
📍 Yosh qizlarimiz O‘zbekiston ayollarining chehrasini, imidjini dunyoga ko‘rsatishda, o‘zbekona liboslarimiz jozibasini jahonga namoyish etishda faol, yetakchi bo‘lishlari lozim.
📌 Shuningdek, ayol, ona zoti oilaning ma’rifiy posboni bo‘lishi bilan birga, farzandlariga milliy qadriyatlarimizga sadoqatli bo‘lishni singdirishi zarur”.









