Ayollar muammolarini joyida hal etishga qaratilgan sayyor qabul tashkil etildi
2026-06-30 15:35:00 / Yangiliklar
Farg‘ona shahridagi “Ma’rifat” mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Umida Abdullayeva ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabulda Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari Komila Kavlonova, tizim tashkilotlari hamda hamkor idoralar vakillari ishtirok etdi.
Unda mahallada istiqomat qiluvchi, probatsiya nazoratida bo‘lgan 13 nafar ayolning ijtimoiy yo‘nalishdagi murojaatlari ko‘rib chiqildi.
Yuzma-yuz muloqotlar davomida 6 nafar ayolning muammosi joyida ijobiy hal etildi. Qolgan 7 ta murojaat tegishliligi bo‘yicha mas’ullarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.






