Yaxtanlik mahallasida ekologik seminar bo'lib o'tdi
2026-06-16 15:45:00 / Ekofaol xodim

Seminar davomida uylarni ozoda saqlash, xonadonlarda ekin ekish, atrof-muhitni toza va obod tutish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Mahalla aholisi o'z tajribalari va hayotiy misollarini baham ko'rib, bu borada bir-biriga samarali tavsiyalar berdi.
Lola Mamayunusova seminar yakunida shuni ta'kidladiki, ekologik madaniyat birinchi navbatda har bir xonadondan — har bir oiladan boshlanadi. "Tozalik va obodlik — bu faqat davlat vazifasi emas, har birimizning kundalik mas'uliyatimiz. Sog'lom muhit — sog'lom oilaning asosi," dedi u.
Mazkur tadbir "Ekofaol xodim" yo'nalishi doirasida ekologik ong va madaniyatni aholi o'rtasida keng targ'ib etishga qaratilgan tizimli ishlarning davomi sifatida o'tkazildi. Seminar hududni yanada obodonlashtirish va aholi turmush darajasini yaxshilashga xizmat qiluvchi muhim tashabbuslardan biriga aylandi.









