Baxt, birdamlik va tarbiya mezonida saralangan oilalar
2026-06-09 20:25:00 / Yangiliklar

Shu maqsadda Yangiyo‘l shahridagi Ko‘zi ojizlar jamiyatiga qarashli sihatgohda “Yangi O‘zbekistonning ibratli oilasi” ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.
Tadbirda Bosh vazir o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Maxkamova ishtirok etib, barcha qatnashchi oilalarni qutladi.
✅Shuningdek, mazkur tadbirda Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari N.Normirzayeva, mutasaddi tashkilotlar vakillari hamda mamlakatimizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan namunali oilalar ishtirok etdi.
Tanlov davomida oilaviy qadriyatlarni avloddan avlodga yetkazish, milliy an’analarni asrab-avaylash, farzand tarbiyasidagi ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda jamiyatda sog‘lom oilaviy muhitni qaror toptirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Samarqand viloyati vakili bo‘lgan oila “Yangi O‘zbekistonning ibratli oilasi” ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichi g‘olibi deb topildi. Tanlov ishtirokchilari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bunday tanlovlar oilaning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini yanada yuksaltirish, mustahkam va namunali oilalar faoliyatini keng targ‘ib etish hamda yosh avlodni milliy va oilaviy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda.
#Oilamiz_kelajagimiz #Toshkent_viloyati






